Suv oʻrgimchagi
Suv oʻrgimchagi (Argyroneta aquatica) — Argyronetidae oilasiga mansub oʻrgimchaklarning yagona turi. Oʻrgimchaklar turkumining chuchuk suvda yashaydigan yagona vakili. Erkagining uz. 15—20, urgʻochisi 10—12 mm. Bosh koʻkragi qizgʻishqoʻngʻir, korni hoʻllanmaydigan kulrang tuklar bilan koplangan. Suv tagida nafas olishi uchun kerak boʻladigan zaxira havo pufak holida S.oʻ. ning tuklari ustida saqlanadi (bu paytda u kumush rang tusda koʻrinadi). Uyasini suv osti oʻsimliklariga quradi. Yevropa va Osiyoning oʻsimliklarga boy, oqmaydigan yoki Suv oʻrgimchagi.sekin oqar suv havzalarida yashaydi. Asosan, jan. va oʻrta mintaqalarda (jumladan, Oʻzbekistonda) uchraydi. Hasharotlar lichinkasi va mayda kiskichbakasimonlar bilan oziqlanadi. Urgʻochi oʻrgimchak suv ostida zaxira havo saqlanadigan qoʻngʻiroq shaklida in qurib, unga tuxumga toʻlgan pillasini qoʻyadi va uni yosh oʻrgimchaklar chiqquncha qoʻriklaydi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |