Suv osti apparati - suv ostida kuzatuvlar, tadqiqotlar, qidiruv ishlari va boshqa olib borish uchun moʻljallangan qurilma* Baʼzilarida tadqiqotchi olimlar boʻladi, baʼzilarining uzatgan maʼlumotlari yerda yoki kemada turib qabul qilinadi. Suv osti apparatining oʻzi suzar (mas, batiskaf, sportsayyohlik va gʻavvoslik qurilmalari) yoki dreyflanuvchi tros yordamida kemaga tirkab qoʻyiladigan (mas, batiplanlar) yoki suv tubiga tushiladigan (mas, gidrostatlar, batisferalar) turlari bor. Suv osti apparati suv tubiga 10000 m dan ham chuqurga tushirilishi mumkin (mas, Tinch okeanidagi Mariana novi (botigʻi)ga tushirilgan "Triyest" batiskafida rekord natijaga erishilgan, 19019 m, 1960).