Suv osti televideniyesi
Suv osti televideniyesi — suv ostidagi manzara va obʼyektlarni kuzatish uchun moʻljallangan televideniye. Suv osti televideniyesit.da suv osti televizion kurilmasidan foydalaniladi. Bu kurilma signallarni qabul qiluvchi va uzatuvchi trubkalar; obyektiv; satr yoyish bloki, kadr yoyish bloki; kuchaytirgichlar, yorugʻlik manbalari va boshqa qismlardan iborat. Asosiy apparati — suv ostidagi televizion kamera. Suv osti televideniyesit.dan choʻkkan kemalarni qidirish, kemalar, gidrotexnika inshootlarining suvga botib turgan qismlarini tekshirish, gʻavvoslarning ishini kuzatish, dengiz va okeanlarning hayvonot va oʻsimlik dunyosini oʻrganish, baliq toʻdalarini, neft konlarini qidirish, suv osti minalarini izlash, suv osti qurollarini sinash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Suv osti televideniyesit. tizimidan bir necha yuz metr chukurlikda istalgancha vaqt davomida foydalanish mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |