Tashlama
(Suv tashlamadan yoʻnaltirildi)
Tashlama, suv tashlama — suv havzasi (suv ombori, koʻl va boshqalar) dagi ortiqcha suvni (toshqin suvlarini) chiqarib yuborish, suvni pastki byefga oʻtkazish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti. St. toʻgʻon tepasiga, yuqori byef sathi tagiga qoʻyilgan yoki ayni paytda ikkalasi pastbaland qilib oʻrnatilgan teshik (quvur) lardan iborat boʻladi. Tashlamadan suv chiqarilishi (tashlanishi) gidrotexnika zulfini bilan rostlab turiladi. Tashlamaning avtomatik tarzda ishlaydigan turida gidrotexnika zulfini boʻlmaydi.
Tasvirlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |