Suv tushirgich — kanal va daryolarda suv oqimi oshib tushadigan toʻsiq (boʻsagʻa). Bunda suv oqimini yoʻnaltirish uchun toʻsiq yuqorisiga toʻgʻri toʻrtburchak, uchburchak yoki trapetsiya shaklidagi teshiklar qilinadi. Ular yon tomondan tirgak yoki oraliq devorlar bilan chegaralanadi. Suv tushirgich yupqa devorli; keng toʻsiqli va shakldor toʻsikli boʻladi. Toshqin davrida yoki suv koʻttayganda suv omboridan ortiqcha suvni chiqarib tashlash, shuningdek, toʻgʻon yoki shlyuzdan pastki inshoot (pastki byef) ga kerakli suvni oʻtkazish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti suv tashlama (obpartov) deb ataladi. U toʻgon tepasiga va yuqorigi byef sirti ostiga qilingan yoki ikkalasi pastbaland oʻrnatilgan teshik (kuvur)lardan iborat boʻlishi mumkin. Bunda suvning oʻtishi ochibyopsa boʻladigan gidrotexnika zulfini bilan tartibga solinadi. Uning avtomatik tarzda ishlaydigan (mas, sifonli) turlarida zulfinlar boʻlmaydi. Suv omborini suvdan boʻshatish, uni choʻkindilardan tozalash va suvni pastki byefga oʻtkazishga moʻljallangan teshikli gidrotexnika inshooti suv boʻshatmasi deb ataladi.