Suv xoʻjaligi - xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining oldini olish; yerlarni, binolar, inshoot va boshqa obʼyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xoʻjaligi., aholini suv bilan taʼminlash (qarang Suv taʼminoti), suv energiyasidan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yogʻoch oqizish ishlari uchun zarur boʻlgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurelarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va boshqa ishlar kiradi. Suv resurelariaan foydalanish tartibiga koʻra, xalq xoʻjaligi tarmoqlari suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchi tarmokGʻiapra boʻlinadi. Suv isteʼmol ch il ar (sanoat, qishloq xoʻjaligi., kommunal xoʻjaligi) suvni manbadan olib, aksariyat tamomila isteʼmol qiladi yoki bir qismini oʻzlashtiradi va bugʻlantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini oʻzgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, miqdori va rejimi oʻzgaradi. Suvdan foydalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va boshqalar) suvning oʻzidan emas, uning energiyasidan va suvli muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, miqdori va rejimi oʻzgarmaydi.

Oʻrta Osiyoda qishloq xoʻjaligi juda koʻp suv isteʼmol qiladi. Uning hissasiga sugʻorma dehqonchilikda toʻliq sarflanadigan umumiy suv miqdorining 80—90% ga yaqini yoki yiliga 64 mlrd. m³ toʻgʻri keladi. Uning asosiy qismi sugorma dehqonchilikda sarflanadi. Arid zonalardagi suv resurelarining eng muhim xususiyati — ularning hududlar boʻyicha notekis taqsimlanganligi, shuningdek, dare oqimining vaqt (yillar va mavsumlar boʻyicha oqim oʻzgarishi) oraligʻida noqulay taqsimlanishidir. Ayrim hududlarda suv resurslari va unga boʻlgan ehtiyoj oʻrtasidagi nomuvofiklikni yoʻqotish uchun gidrotexnika inshootlari: daryo va kanallar oqimini koʻp yillik, yillik, mavsumiy va oy, hafta va sutka davomida tartiblovchi suv omborlar (qarang Suv ombori), daryo oqimini hudud boʻylab taqsimlovchi kanallar; daryo va suv omborlari va shu kabidan suv oluvchi nasos stansiyalari (qarang Nasos stansiyasi) quriladi. Gidrotexnika inshootlari kompleksining majmui suv xoʻjaligi sistemasini tashkil etadi. Sugʻorish va xalq xoʻjaligining boshqa maqsadlari uchun suvga boʻlgan ehtiyoj kuchaygan hozirgi davrda bir qancha tarmoklarga xizmat qiladigan koʻp maqsadli yirik suv omborlari qurilmoqsa (mas, Chorvoq, Norak, Toʻxtagʻul va boshqa suv omborlari irrigatsiya va gidroenergetikaga xizmat qiladi), suvni havzalararo taqsimlash va uni uzok, masofalarga olib borish ishlari amalga oshirilmoqda (mas, Amudaryo suvi AmuBuxoro mashina kapali orqali Zarafshon daryosi havzasiga oqizilmoqda).

Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi tarixi juda qadimiy. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida mil. av. 8—7-asrlardan boshlab sugʻorma dehqonchilik qilinganligining arxeologik dalillari mavjud. Samarqand vohasi, Fargʻona vodiysida qadimiy sugʻorish inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, korizlar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yirik sugʻorish kanallaridan Boʻzsuv, Zang kabilar qadimiy tarixga ega. 10-asrda Pasttogʻ darasi (Jizzax viloyati Forish tumani)da qurilgan Xon bandi (suv sigʻimi 1,5 mln.m³), 16-asrda Samarqand viloyatida qurilgan Abdullaxon bandi oʻsha davrning noyob inshootlaridan biri boʻlgan.

Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi sistemasi 20-asrning 20y.laridan boshlab eski sugʻorish tarmoklarini tiklash, yangilarini qurish, sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish (Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qumqoʻrgʻon dashtlari, Jizzax choʻli, Qizilqum chekkasi) va uning suv taʼminoti, xoʻjaliklararo sugʻorish va kollektordrenaj tarmoklarini qurish va boshqa bilan bogʻliq holda shakllanadi (qarang Kanal, Melioratsiya). Qishloq xoʻjaligi sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻzbekistonda suvni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqsorda yetkazib berish maqsadida koʻplab kanal, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari, kollektordrenaj tarmoqlari qurildi. Respublika Suv xoʻjaligida 4,3 mln.ga sugʻoriladigan yerlar va 19,5 mln.ga suv chiqarilgan yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun umumiy suv sarfi 2500 m³/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m³ boʻlgan 53 suv ombori va 25 sel ombori, 32,4 ming km xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 5000 ga yaqin nasos agregatlari oʻrnatilgan 1479 doimiy nasos st-yalari va boshqa inshootlar qurilgan. Suv xoʻjaligi oʻz qurilish industriyasi va mexanizatsiyalashgan suv qurilish tashkilotlariga ega. Suv xoʻjaligi tizimida ilmiy tadqiqot intlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti, "Suvloyiha" birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, kollejlar), loyihaizlanuv muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Suv xoʻjaligiga umumiy rahbarlikni Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi olib boradi. Vazirlikning viloyatlar boshqarmalari hamda irrigatsiya tizimlari gidrouzellar, kanallar, nasos st-yalari ishlarini boshqaradi. Gidrometriya xizmati joylarda suv taqsimotini hisobga oladi va nazorat qiladi.