Suvbulduruq, saja (Syrrhaptes paradoxus) — budduruklar oilasiga mansub qush. Uzunligi 40—42 sm, vazni 300 g gacha. Narining qorin qismi qora, qolgan joylari sargʻish, qora yoʻlli; modasining rangi xiraroq. Oyokdari uch barmokdi, patlar bilan qoplangan. Panjasida yostiqchalari bor. Qanot va dum patlari uzun. Jan.Sharkay Yevropa, Oʻrta va Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida yashaydi. Oʻzbekistonda uya qurib, bola ochadi. Uyasini oʻsimliklar ostiga (yerga) quradi. 2—3 tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi galmagaldan 30 kun bosadi. Asosan, oʻsimlik urugʻlari va kurtaklari bilan oziqlanadi. Soʻnggi yillarda soni kamayib bormoqda.