Suvchi
Suvchi — suv tashib beruvchi maxsus kasb. S.lar suv manbalaridan xonadonlar, guzarlar, choyxonalar va karvonsaroylarga suv tashib berib tirikchilik oʻtkazishgan. S.lar Oʻrta Osiyoning suv tanqis ayrim shaharlarida, mas, Buxoro amirligi va Xiva xonligida 20-asr boshlariga qadar mavjud edi. Xiva xonligi saroyida shunday lavozim boʻlgan, Buxoroda esa, S.ni meshkobchi deb atashgan. Shaharlarning suvdan foydalanish (vodoprovod) shoxobchalari bilan taʼminlanishi natijasida S.ga ehtiyoj qolmagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |