Suvli portlovchi moddalar — tarkibi oksidlovchi (ammoniy nitrat, natriy nitrat, natriy perxlorat va boshqalar), yonuvchi, portlovchi moddalar, dispers alyuminiy, trinitrotoluol, geksogen, tetranitropentaeritrit), suv (odatda, 5—20%) va bogʻlovchi qoʻshimchalardan iborat portlovchi aralashma. Suv portlovchi moddalarning qizishini, tashqi taʼsirlarga sezgirligini, portlab ketish xavfini kamaytiradi. Suvli portlovchi moddalarm. portlatuv ishlarida, qattiq togʻ jinslari (granitlar, kvarsitlar va shu kabi) ni portlatishda ishlatiladi.