Suvmotor sporti
Suvmotor sporti - sportning texnik turi, motorli kemalarda tezlik musobaqalari va turizmni oʻz ichiga oladi. Suvmotor sportis. musobaqalarida 16 yoshga toʻlgan oʻgʻil va qizlar hamda motorli kemalarni boshqarish huquqi berilgan, suzishni yaxshi biladigan shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Sport turi sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1908-yil 3 klassdagi motorli kemalarda poyga Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 20-asrning 20y.laridan jahon chempionati musobaqalari oʻtkaziladi. 1922-yil Xalqaro suvmotor uyushmasi (UIM) tuzildi, unga 50 gayaqin mamlakat aʼzo.
Oʻzbekistonda Suvmotor sportis. bilan 1960-yildan shugʻullaniladi. Oʻsha yili 1musobaqa Tuyaboʻgʻiz suv omborida oʻtkazilgan. Mamlakatning suv havzalarida, xususan, Toshkent dengizida Suvmotor sportis. musobaqalari oʻtkazib turiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |