Suvni yumshatish
Suvni yumshatish - kimyoviy ishlov berish yoʻli bilan suvning qattiqligini yoʻqotish. Bunda suvga soda, natriy fosfat kabi tuzlar qoʻshiladi. Shunda kalsiy va magniy CaCO3 MgCO3, Ca3(PO4)2 va Mg3(PO4)2tarzida choʻkadi. Suvni yumshatishning ionit usuli ham bor. Ionitlar suvda erimaydigan tabiiy yoki sunʼiy materiallar, mas, sulfat kislota bilan ishlov berilgan kumir, sunʼiy alyumosilikatlar yoki turli smolalardan iborat. Suv ionitlar orqali suzilganda ularning ionlari (zaryadli zarrachalari) suvdagi qoʻshimchalar ioniga almashinadi, natijada suv yumshaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |