Suxari
Suxari — namligi 8-12 % boʻlgan, kesilgan va quritilgan non mahsulotlari. Ular oddiy suxari (harbiycha) va yogʻli suxarilarga[1] boʻlinadi.
Kepakli undan va 1 va 2-navli unlardan qilingan oddiy suxari 1 yilgacha, javdar-bugʻdoy va kepakli javdar unidan qilingani — 2 yilgacha (8-25 °C haroratda) saqlanadi[1][2].
Yoʻgli suxarilar shakar, yogʻ va tuxum qoʻshilib, oliy, 1 va 2-navli bugʻdoy undan tayyorlanadi. SSSRda ishlab chiqarilgan yogʻli suxari savdo belgilari: Vanilniye, Gorodskiye[3], Detskiye[3], Doktorskiye[3], Dorojniye[3], Kofeyniye, Lyubitelskiye, Mindalniye[3], Moskovskiye, Pionerskiye, Saxarniye, Slavyanskiye [3], Slivochniye[1][4]. Yaroqlilik muddati — 15 kundan 60 kungacha.
Suxari uvoqlari talqon tayyorlash uchun ishlatiladi. Oʻzbekistonda suxari xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladi va keng isteʼmol qilinadi[5].
Suxarilar ham Rossiyada keng tarqalgan snek turidir (qarang. gazak pechenyesi).
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- „Сухари“, Товарный словарь. Том 8. М.: Госторгиздат, 1960.
- Кенгис Р.П. „Сухари городские, славянские, миндальные, докторские, детские, дорожные“, . Кулинария. М.: Госторгиздат, 1955 — 731—732-bet.
- Poxlyobkin V. V. Suxari // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 344—345. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
- Suxarnoe dovolstvie voysk // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.