Vasiliy Suxomlinskiy
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (28-sentyabr 1918-yil; Kirovograd, Ukraina – 2-sentyabr 1970-yil; Kirovograd, Ukraina SSR, SSSR) — pedagog, ukrain hamda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. RSFSR (1957), SSSR (1968) Pedagogika Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni (1968). Poltava pedagogika institutini tugatgan (1939). 1947-yildan umrining oxirigacha Kirovograd viloyatining Pavlish qishlogʻidagi maktab direktori. “Bolalarga jonim fido” (1969), “Fuqaroning tugʻilishi” (1970), “Tarbiya toʻgʻrisida” (1973) kabi asarlarida boshlangʻich maktab, oila tarbiyasi nazariyasi va metodikasi, oʻquvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mehnatga munosabat, pedagogik mahorat boʻyicha tadqiqotlar olib borgan, pedagogikada insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilgan.
Vasiliy Suxomlinskiy | |
---|---|
Tavalludi |
28-sentyabr 1918-yil |
Vafoti |
2-sentyabr 1970-yil (51 yoshda) Kirovograd viloyati, Ukraina SSR, SSSR. |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Oʻqituvchi, yozuvchi, noshir. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |