Klara Ivanovna Suxushina (1940.14.12, Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatidagi Kolpasheva shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Tomsk pedagogika institutini tugatgan (1963). 1963-yildan Kemerovo viloyati va Qirgʻizistondagi maktablarda, 1973-yildan Zarafshon shahridagi 1maktabda kimyo va biol. oʻqituvchisi. Oʻquvchilarni darsga qiziqtirish uchun kimyo va biol.dan turli tajribalarni oʻtkazadi.