Suyunboy Eraliyev
Suyunboy Eraliyev (1921.15.11, Talas viloyati) — Qirgʻiziston xalq shoiri (1974). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1945-yildan viloyat va respublika gaz.larida muxbirlik qilgan. Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1959—65), adabiy maslahatchi (1967— 84). Dastlabki sheʼriy toʻplami — "Ilk sado" (1949). "Samimiy mehr" (1959) dostoni mashhur. Tarixiy mavzuda yozilgan bu lirik qissa qirgʻiz sheʼr tuzilishining anʼanaviy shakllarini boyitgan. "Yulduzlarga sayohat" (1966) dostoni bilan qirgʻiz sheʼriyatiga erkin vaznni olib kirgan.
V. Uitmen, R.Tagor, Oybek, M.Tursunzoda, Mirtemir kabi yozuvchilarning asarlarini qirgʻiz tiliga tarjima qilgan. A.Tvardovskiyning "Vasiliy Tyorkin" dostonining E. qilgan tarjimasi qirgʻiz soʻz sanʼati tarixidagi eng mukammal tarjimalardan biri sanaladi. Asarlari koʻplab tillarda nashr etilgan. Toʻqtagʻul Sotilgʻanov nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureati (1986)[1].
As:Togʻlar farzandiman [Sheʼrlar, doston], T., 1978.
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |