Suyunchi — biron quvonchli voqea toʻgʻrisida xushxabar keltiruvchiga beriladigan sovgʻa, mukofot, sevinchi. S. uzok, safarga, harbiy xizmatga borib sogʻsalomat kelgan kishi toʻfisida, farzand (oʻgʻil yoki qiz) tugʻilganda va boshqa haqida 1marta xushxabar keltirgan kishiga yoshiga qarab beriladi. S. pul, belbogʻ, doʻppi, yaktak, toʻn, kiyimlik va jonliq (qoʻy, echki) kabi shakllarda ham berilishi mumkin.