Suyuq geliy
Asosiy tushuncha
tahrirBarcha boshqa moddalar ancha yuqori haroratlarda qattiq holatga oʻtadi. Suyuq geliy esa absolyut nolga yaqin haroratlarda ham qotmaydi va barcha maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, absolyut nolda ham geliyning normal holati suyuq holat boʻlar ekan.
Biroq bu degani geliy umuman qattiq holatga oʻtmaydi degan gap emas. Qattiq holatga suyuq geliy yuqori bosimda oʻtkazilishi mumkin. Xatto absolyut nolda ham geliyning kristallanishi uchun 25,27 atmosfera bosimi kerak boʻlar ekan. Suyuq geliy shunisi bilan ajoyibki, u tabiatdagi eng sovuq suyuqlikdir. AAtom ogʻirliklari 4 ga teng boʻlgan atomlardan tuzilgan odatdagi geliyning kritik temperaturasi 5,25K ga teng.
Suyuq holatda u faqat shu temperaturadan past temperaturalardagina mavjud boʻla oladi.
Suyuq geliy ||. Oʻta oquvchanlik
tahrirSuyuq geliy || ning eng ajablanarli xossalaridan biri uning oʻta oquvchanligidir. Biror boshqa modda ega boʻlmagan bu xossa shundan iboratki, suyuq geliy || ingichka kapilyarlar, teshiklar va hokazolar orqali oʻtganda hech qanday ishqalanishga duch kelmaydi. Goʻyo uning qovushqoqligi nolga teng boʻlgandek oqadi. Bu hodisani P. L. Kapitsa 1940-yilda kashf qilgan.
Ishlatilish soxalari
tahrirGeliy sanoat va xalq xoʻjaligida keng qoʻllanadi:
– metallurgiyada toza metallni erish vaqtida himoyalovchi vosita sifatida ishlatiladi; – oziq-ovqat sanoatida (E939 oziq-ovqat qoʻshimchasi sifatida roʻyxatdan oʻtgan) yoqilgʻi va qadoqlash gazi sifatida; – ultra past haroratni olish uchun sovutish suyuqligi sifatida (xususan, metallarni superoʻtkazuvchi holatga oʻtkazish uchun); – aviatsiya kemalarini toʻldirish uchun (dirijabl va havo sharlari); – chuqur shoʻngʻin uchun nafas olish aralashmalarida; – gaz chiqarish naychalarini toʻldirish uchun; – baʼzi turdagi yadro reaktorlarida sovutish suyuqligi sifatida ; – gaz xromatografiyasida tashuvchi sifatida ; – geliy-neon lazerlarida ishlaydigan suyuqlikning tarkibiy qismi sifatida ; – qattiq disklarning baʼzi zamonaviy modellarida plomba sifatida ; – LED filamentlaridan issiqlikni samarali ravishda olib tashlaydigan LED filaman lampalarining kolbalarini toʻldirish uchun. Bundan tashqari, nuklid 3He polarizator sifatida neytron tarqalish texnikasida pozitiv sezgir, shu jumladan, gaz neytron detektorlarining ishchi moddasi sifatida ishlatiladi. Geliy-3 ham termoyadroviy energiya uchun istiqbolli yoqilgʻi hisoblanadi.
Manbalar
tahrirA. K. Kikoin, I. K.KIkoin; cheminfo.uz
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |