Havo pufagi, suzgich pufak — baliqlar ichagining oldingi qismida paydo boʻladigan organ. Soni toq yoki juft; devori kapillyar qon tomirlari toʻri bilan qoplangan. Havo pufagi ichidagi gaz tarkibi atmosfera havosi tarkibiga oʻxshash yoki undan bir oz farq qiladi. Ikki xi.1 nafas oluvchilar, koʻp shuʼlalilar. suyakli ganoidlilarda Havo pufagi qoʻshimcha nafas olish organi funksiyasini bajaradi. Koʻpchilik suyakli baliqlarda (qarang Suyakli baliklar) gidrostatik organ hisoblanadi. Havo pufagi kengayib havo bilan toʻlganda tana zichligi kamayishi tufayli baliq suv yuzasiga koʻtariladi; suzgich pufagidan havo chiqarilganida aksincha tana zichligi ortadi va baliq suv tubiga shoʻngʻiydi. Baʼzi baliqtarda Havo pufagi ichki quloq bilan tutashib, tovush toʻlqinlarini qabul qiladi. Ayrim baliqlar Havo pufagi yordamida past chastotapi tovush chiqarishi ham mumkin. Havo pufagi faoliyatini markaziy nerv sistemasi boshqarib turadi. Harakatlanish muskullari kuchli rivojlangan yirik va suv tubida yashovchi baliqlar (mas, akulalar, choʻrtanlar, skatlar, kam-balalar)da Havo pufagi rivojlanmagan.