Svetlana Petrenko (rumincha: Svetlana Petrenco)[1] (1974-yil 27-mayda tugʻilgan) — moldovalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (2001-yil) va xalqaro shaxmat ustasi (2004-yil) unvonlariga ega. U 2005-yilda shaxmat boʻyicha Moldova chempionatida gʻolib chiqdi va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻn uch karra Moldova chempioni boʻldi.

Svetlana Petrenko

Faoliyati tahrir

U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Moldova chempionatining koʻp karra gʻolibi (1993-yil, 1998-yil, 1999-yil, 2000-yil, 2001-yil, 2012-yil, 2013-yil, 2015-yil, 2016-yil, 2017-yil, 2018-yil, 2019-yil va 2021-yil) hisoblanadi. Petrenko 2005-yilda shaxmatchilar oʻrtasida Moldova chempionatida ham gʻolib chiqqan.

1999-yilda Petrenko Buxarestda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egalladi. 2004-yilda u Lvovdagi shaxmat turnirida gʻolib chiqdi. 2005-yilda u Sankt-Peterburgda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda gʻolib chiqdi va Belgradda oʻtkazilgan xalqaro ayollar turnirida birinchi oʻrinni egalladi. 2006—2007-yillarda Belgradda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda qatorasiga ikki marta gʻolib boʻlgan.

Petrenko shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining nokaut turnirida ishtirok etdi, ular jumlasiga quydagilar kiradi;

Petrenko Moldova terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida namunali ishtirok etgan[4]. Jumladan;

Petrenko Moldova terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ham ishtirok etgan[5]. Jumladan;

  • 2001-yilda Leon shahrida oʻtkazilgan 4-jamoaviy shaxmat (ayollar) chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va jamoasi bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.
  • 2003-yilda Plovdiv shahrida oʻtkazilgan 5-jamoaviy shaxmat (ayollar) Yevropa chempionatida birinchi oʻrinni egalladi.

1996-yilda u FIDE ayol xalqaro shaxmat ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi va besh yildan soʻng, FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini oldi. 2004-yilda Petrenko FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvoniga sazovor boʻldi.

Manbalar tahrir