Xun Kuang
(Syunszidan yoʻnaltirildi)
Xun Kuang (mil. av. taxminan 313 — taxminan 238) — qadimgi xitoy faylasufi. Konfutsiy taʼlimotini sistemaga solishgauringan. Menszi (mil. av. taxminan 372—289)ga qarama-qarshi oʻlaroq, inson tabiatan yovuzdir, deb hisoblagan. Uningcha, inson tashqi taʼsir, tarbiya, amaliy faoliyat tufayligina yaxshi fazilat egasiga aylanadi. Fikrlarini „Xun Kuang“ kitobida bayon qilgan. Xun Kuang gʻoyalari keyingi xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Xan davri (mil.av. 3-asr — mil. 3-asr) faylasuflariga katta taʼsir oʻtkazgan.
Xun Kuangning asosiy iqtisodiy gʻoyalari:
- Davlatning boyishi tarafdori boʻlgan;
- Qonunga amal qilgan holda boylikka intilgan kishilarni qoʻllab-quvvatlagan;
- Mehnat taqsimoti zarurligi gʻoyasi ilgari surilgan;
- Davlatning iqtisodiy siyosati 3 ta asosiy tamoyilga asoslanishi kerakligi taʼkidlanadi:
- — xarajatlarni iqtisod qilish;
- — xalq farovonligini taʼminlash;
- — ortiqcha mahsulot zaxiralariga ega boʻlish zarurligi.
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |