Rashid Aliyevich Syunyayev (1943.1.3, Toshkent) — kosmolog va astrofizik olim. Rossiya Fanlar akademiyasi akademik (1992), texnika fanlari doktori (1973), professor (1985). Rentgen astronomiyasining asoschilaridan biri. Kosmik rasadxonalar ("Rentgen", "Kvant", "Mir", "Granat") ilmiy rahbari. Moskva fizikatexnika intini tugatgan (1966). Moskvadagi Kosmik tadqiqotlar instituti boʻlim mudiri (1974-yildan). 1990y.lardan Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Astrofizika instituti direktori. Ilmiy ishlari neytron yulduzlar fizikasi, "qora oʻra" atrof muhitining tuzilishi, galaktikalar toʻdalari fizikasiga, ularning rentgen nurlanishining kompakt kosmik manbalari nazariyasiga, modda va nurlanishlarning ekstremal sharoitlarda oʻzaro taʼsiriga oid.