Szidónia Lázárné Vajda (née Vajda; talaffuzi: Sidoniya Vayda; 1979-yil 20-yanvarda Ruminiyada tugʻilgan) — rumin — venger ayol shaxmatchisi. Szidonia Vajda FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2004 va 2015 yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Vengriya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni q`olga kiritgan.

Vajda Szidónia
Toʻliq ismi Lázárné Vajda Szidónia
Mamlakat Vengriya bayrogʻi Vengriya
Tugʻilishi 20-yanvar 1979-yil
Odorheiu Secuiesc, Rumiya
Saravha

Xalqaro magistr

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2418 (yanvar 2008-yil)

Shaxmatdagi faoliyati

tahrir

Szidónia Lázárné Vajda 1995-yilda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi va oltin medal sohibasiga aylandi.

U 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Ayollar jamoalari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, Ruminiya terma jamoasi safida dona surgan.[1]

Szidónia Lázárné Vajda Vengriya terma jamoasi safida ham bir qator musobaqalarda faol ishtirok etgan. U terma jamoa bilan 2002, 2004, 2006 va 2008-yillarda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida Vengriya nufuzi uchun bahslar olib borgan.[2] Jumladan, u mashhur venger ayol grossmeysterlar Ticia Gara va singlisi Anita Garalar bilan bir jamoada oʻynagan.

2009-yilda u Paksdagi 1- Teller Ede memorialida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[3]

2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etdi. Mazkur shaxmat musobaqasida Ticia Gara va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Szidónia Lázárné Vajda GM Levente Vajdaning singlisi.[4]

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. „3rd European Team Chess Championship (women): Batumi 1999“. OlimpBase. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
  2. „Women's Chess Olympiads: Szidónia Vajda“. OlimpBase. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
  3. „1st Teller Ede Memorial WGM“. FIDE. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
  4. „The chess games of Szidonia Vajda“. ChessGames.com. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.