Tanzaniya yoki Tanzania (inglizcha: Tanzania), Tanzania Birlashgan Respublikasi (inglizcha: United Republic of Tanzania) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Tanzania Materikning Tanganika qismini hamda Zanzibar va Pemba orolarini oʻz ichiga oladi. Maydoni 945,1 ming km². Aholisi 50 mln atrofida (BMT hisoboti. 2013). Poytaxti — Dodoma shahri. Maʼmuriy jihatdan 25 viloyat (materikda 20, Zanjibar orolda 3, Pemba orolda 2) (region)ga boʻlinadi.

Tanzaniya Birlashgan Respublikasi
Jamhuri ya Muungano wa Tanzania
ShiorUhuru na Umoja
(Svahilicha: Ozodlik va Birlik)
Madhiya: Mungu ibariki Afrika
Location of Tanzaniya
Poytaxt Dodoma
Eng katta shahar Dar es Salaam
Rasmiy til(lar) Svahilicha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Samia Suluhu
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi BQ ma'muriyatidan)
• Sana
26-aprel 1964
Maydon
• Butun
945,087 km2 (31-oʻrin)
• Suv (%)
6.4
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
36,766,356 (33-oʻrin)
• Zichlik 38/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$26,850 mil. (101-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$730
Pul birligi Tanzanian Shilling (TZS)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma TZ
Telefon prefiksi 255
Internet domeni .tz

Davlat tuzumi

tahrir

Tanzania — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1977-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi—prezident (2000-yildan Benjamin Uilyam Mkapa), u u mumiy saylov yoʻli bilan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakat orol qismining 1979-yil tasdikdangan va 1985-yil kuchga kirgan konstitutsiyasiga binoan Zanjibar va Pemba olari Tanzania tarkibida muxtoriyatdan foydalanadi.

Tabiati

tahrir

Tanzanianing sharqida, 900 km ga choʻzilgan Hind okeani qirgʻogʻida mayda qoʻltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yassitogʻlikning sharqiy chekkasida Pare (eng baland joyi 2464 m), Usambara (2570 m), Uluguru (2653 m) va boshqa toglar bor. Sharkiy Afrika uzilmasida (bal. 1000 m) kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Soʻngan (Kilimanjaro, bal. 5895 m) va harakatdagi vulkanlar bor. Togʻ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pastgekisliklar orasida yassi plato (200–500 m) joylashgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qoʻrgʻoshin, volfram konlari aniklangan. Iklimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (oktabr yoki noyabr)ning oʻrtacha temperaturasi yassitogʻlikning ichkarisida 20—22°dan 25— 27° gacha, eng sovuq oy (iyul yoki avg).ning oʻrtacha temperaturasi 12—15°dan 20—22° gacha. Togʻlarda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yogʻin 500–700 mm dan 1000–1500 mm gacha, eng kupi bilan 1500 mm atrofida. Boshqa davlatlar bilan boʻlgan chegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa koʻllari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurgʻoqchil mavsum 5—7 oy. Tuproklarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurgʻoqchil joylarda qizilqoʻngʻir, baʼzan shoʻrlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, pavian maymunlari va boshqa Timsoh va ilonlar ham uchraydi. Qush koʻp. Serengeti, Ngorongoro, Arusha, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy bogʻlari va qoʻriqxonalari bor. Mamlakat janubdagi Selus milliy bogʻi dunyodagi eng katta milliy bogʻlardan biridir.Tanzaniyaning janubida, Kalambo daryosida joylashgan bo'lib, Afrika qit'asining eng katta sharsharalaridan biridir.

Aholisi

tahrir

Tanzaniada 120 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining koʻpchiligi benuekongo tillarida soʻzlashuvchi sharqiy bantu xalklariga mansub. Ularning aksariyatini nyamvezi, suaxili, xexe, bena, pogoro, makonda va boshqa elatlar tashkil qiladi. Dindorlari — xristianlar, musulmonlar; qolganlari mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar. Davlat tillari — suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 24,4%. Yirik shaharlari: Dorussalom, Zanjibar, Tanga, Mvanza, Arusha, Dodoma.

Tarixi

tahrir

Tanzania hududida odam qadimdan yashab kelgan. Bu yerda 2 mln. yil avval yashagan odam suyaklari va qoʻpol tosh qurollar topilgan. Tub aholisi bushmen va gottentot qabilalariga qardosh xalklar boʻlgan. Ular ovchilik va yovvoyi mevalarni yigʻish bilan kun kechirgan.

Mil. 1ming yillik boshlarida bantu va nilot qabilalari dehqonchilik uchun yaroqpi yer va chorva uchun yaylov izlab bu yerga kelib qolgan. 7—8-asrlarda Tanzanianing materik qismiga, Zanjibar va unga yaqin orollarga arablar koʻchib kela boshlagan. 16-asrda bu yerda portugallar paydo boʻlib, Afrika qitʼasini mustamlakaga aylantirish uchun Zanjibardan harbiy tayanch hudud sifatida foydalangan. 18-asrda Ummon sultonligi arablari portugaliyaliklarni surib chiqargan. 19-asr boshlarida Zanjibar o. va Tanzania sohili Maskat sultonligi kuliga oʻtgan. 1856-yil Maskat sultonligi parchalanishi tufayli Zanjibar sultonligi tashkil topdi. 1884-yil Tanzanianing materik qismini Germaniya bosib oldi. 1890-yil Zanjibarda Angliya protektorati oʻrnatildi. 1jahrn urushidan keyin Tanzanianing materik qismi (Tanganika nomi bilan) Buyuk Britaniya mandatidagi hudud, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa BMT vasiyligidagi inglizlar boshqaradigan hudud boʻlib qoldi. Mahalliy aholining mustamlakachilarga qarshi kurashi (188889, 189197, 190507-yillardagi xalq qoʻzgʻolonlari) Ikkinchi jahon urushidan keyin ayniqsa kuchaydi. 1961-yil 9 dekabrda Tanganika,1963-yil 10 dekabrda Zanjibar mustaqil deb eʼlon qilindi.

1964-yil 26 aprelda Tanganika bilan Zanjibar Tanzania Birlashgan Respublikasini tuzdilar. Tanzania — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 aprel — Ittifoq kuni (1964).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

Qayta qurish va taraqqiyot uchun milliy konvensiya partiyasi, 1992-yil tuzilgan; Birlashgan fuqarolar fronti partiyasi, 1992-yil asos solingan;Inqilobiy partiya (Chama Cha Mapinduzi CHCHM), hukmron partiya, 1977-yil tashkil etilgan. Tanzania ishchilari ittifoqi (Juvata) kasaba uyushmasi, 1978-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi

tahrir

Tanzania — agrar mamlakat . Yalpi ichki mahsulotda q.h.ning ulushi 56%, sanoatniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 29%.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi shugʻullanadi va eksport tushumining 85% taʼminlanadi. Dehqonchilikka yaroqli yerlarning 25% ga ekin ekiladi. Asosiy q.h. ekinlari: sizal, chinnigul, paxta, kofe, choy, keshyu yongʻogʻi, kokos palmasi, qalampirmunchoq va boshqa Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, maniok, dukkaklilar, moyli oʻsimliklar, shakarqamish, banan va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, sohilda baliqovlanadi. Togʻlardagi tropik oʻrmonlarda (Tanzaniada jami 31 mln. gektar oʻrmon bor) yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoati sust rivojlangan. Mustaqillik yillarida konchilik sanoatida olmos qazib chiqarish rivojlandi. BukRif va Lupada oltin, Minjinguda fosforit, Karagve va Ngarada qalay va volfram, Chambongoda magnezit, shuningdek slyuda, osh tuzi, qurilish materiallari, temir ruda qazib chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 912 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qogʻoz va yogʻochsozlik tarmoklarida 500 dan ortiq korxona mavjud. Moshi, Kidati, Morogoro, Kagerada yirik qand zavodlari, Moshi, Bukobada kofe, Amani, Tukuyuda choy, Dorussalom, Arusha, Iringa, Dodoma, Mvanzada un ishlab chiqarish. korxonalari, Dorussalomda neftni qayta ishlash zdi, Tanga, Tabora, Dorussalomda 40 ga yaqin yogʻoch tilish korxonasi bor. Metallurgiya va metall ishlash tarmoqlari endigini rivojlanayotir. Qadimdan mavjud boʻlgan hunarmandchilik mustaqillik yillarida yangi pogʻonaga koʻtarildi.

Ichki yuklar temir yoʻl va avtomobil transportida, tashqi yuklar esa Transport yoʻli va dengiz transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi— 88 ming km.

Avtomobil Zanjibar va Pemba o.larida asosiy transport turidir. Dorussalom bilan Bvana-Mkuba (Zambiya) oʻrtasida tranzit neft quvuri qurilgan. Viktoriya koʻlida kema qatnaydi. Asosiy dengiz portlari: Dorussalom, Tanga, Mtvara, Lindi. Dorussalom va Arushada xalqaro aeroport bor.

Tanzania chetga kofe, paxta, keshyu yongʻogʻi, chinnigul, sizal, olmos, tamaki, choy va boshqa sotadi. Chetdan mashina va uskuna, yoqilgʻi, oziq-ovqat, kimyoviy mollar va boshqa sotib oladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya, BAA, Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa bilan savdo qiladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Pul birligi — Tanzaniya shillingi.

Tibbiy xizmati

tahrir

Tibbiyot xodimlari Dorussalomdagi untning tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

tahrir

Tanzaniada boshlangʻich maktab 7 yillik boʻlib, 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiydir. Dars suaxili tilida olib boriladi. 3sinfdan ingliz tili oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 yillik. Yuqori sinflarda iqtidorli bolalar untga kirish uchun tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida quyi hunartexnika oʻquv yurtlari va kurslarda 1—4 yil va hunartexnika maktablarida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktabning quyi sinflari uchun oʻqituvchilar boshlangʻich maktab negizida 3 yil davomida, boshlangich maktabning yuqori sinf oʻqituvchilari esa toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 2 yil davomida tayyorlanadi. Oʻrta maktab oʻqituvchilari Dorussalomdagi untda, Karagvedagi milliy pedagogika institutida va bir qancha pedagogika kollejlarida tayyorlanadi. Tanzaniada oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Dorussalomdagi universitet 1961-yil universitet kolleji tarzida tashkil etilib, 1970-yil universitet makrmini olgan.

Ilmiy ishlarni Milliy ilmiy tadqiqot kengashi muvofiklashtirib boradi. Mvanzada Sharqiy Afrika tibbiy tadqiqotlar instituti, Tangada Sharqiy Afrika bezgak va yuqumli kasalliklar instituti, Zanjibarda dengiz balikchiligi muammolarini oʻrganish tadqiqot tashkiloti, Dorussalomda Sharqiy Afrika meteorologiya markazining Tanzaniya boʻlimi, Arushada q.h. zararkunandalariga qarshi kurash tadqiqot instituti, Dodomada hayvonlar va jonivorlar tadqiqot instituti, Zanjibarda folklor va Afrika tillari tadqiqot markazi va boshqa ilmiy muassasalar bor.

Dorussalomda Milliy kutubxona (1967), Universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1937), Zanjibar davlat muzeyi (1925), Dorussalom yaqinida Etn. muzeyqishlogʻi (1966), Dorussalomda Tibbiyot muzeylab., Dodomada Geol. muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Asosiy gaz. va jurnalilari: "Deyli nyus" ("Kun yangiliklari", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1972-yildan). "Uxuru" ("Ozodlik", suaxili tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961-yildan). "Mzalendo" ("Vatanparvar", suaxili tilida chiqadigan yakshanbalik gaz.,1972-yildan), "Gazet of Yunayted Ripablik" ("Birlashgan respublika gazetasi", ingliz tilida chiqadigan hukumat haftanomasi, 1964-yildan), "Mfanyakazi" ("Ishchi", suaxili tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1964-yildan), "Kiongozi" ("Rahbar", suaxili tilida chiqadigan katolik gazeta, 1950-yildan), "Mvanga" ("Hyp", suaxili tilida chiqadigan oylik jurnali, 1986-yildan). Tanzania axborot agentligi (Shixata) hukumat axborot mahkamasi, 1976-yil asos solingan. Tanzania radiosi — hukumat mahkamasi, 1956-yil tuzilgan; Tanzania Zanjibar radiosi — hukumat mahkamasi, 1964-yil tashkil etilgan; Zanjibar televideniyesi,Adabiyoti suaxili va ingliz tillarida rivojlanmokda. Suaxili adabiyoti tarixi 18-asrdan boshlanadi. Islom dini ruhidagi mumtoz adabiyotda nazm ustun boʻlib, tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy mazmundagi dostonlar, ishqiy va siyosiy sheʼrlar yaratildi. 19-asrda suaxili adabiy tili xalq tiliga yakinlashtirilib, arab yozuvidan lotin alifbosiga oʻtildi. Gaz.lar nashr etilib, ularda adabiy asarlarga ham oʻrin berildi. Sayd Aydarus, Sayd Abdalla, Muyaka bin Xoʻja alHasani, Mvan Kuponi— 18—19-asrlar suaxili adabiyotining tanikli namoyandalaridir. Yangi adabiyotning atokli vakili R. Shaaban (1909 —62) falsafiy, adabiy esse va etyudlar, siyosiy makrlalar ("Meninghayotim", "Kusadikika", "Adili va uning akaukalari", "Siti binti Saad") ni yezdi. Umar Hayyom ruboiylarini tarjima qildi.

Tanzania adabiyotining shakllanishi va rivojida jahon adabiyotidan suaxili tiliga tarjima qilingan asarlarning roli katta (maye. U. Shekspir, L. Tolstoy va boshqa ijodi). Ingliz tilidagi adabiyot 20-asrning 60y.larida yuzaga keldi. Bu tilda yozilgan J. Mbondening "Makonde hayoti" romani va ertaklar toʻplami, P. Palanchoning "Oftobdagi oʻlim" romani, G. Ruxumbika, G. Kalimugogo, M. Njeru, R. Ngetening roman va qissalari, B. Tejani, R. Roberte, S. Nguzo, K.Xaulining sheʼrlari diqqatga sazovor. Dramaturgiya janrida X. Menson barakali ijod qildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Hind okeani sohilida 8-asrdan arablar bilan forelar asos sola boshlagan Kilva, Chvaki, SongaManara, Kva va boshqa port shaharlari 13—14-asrlarda ravnaq topdi, ammo 16-asrda portugaliyaliklar bu shaharlarni vayron qilib tashladilar. Ularda qurilgan koʻpdankoʻp saroy va mayejidlar (KilvaKisivanidagi jome mayejid), turar joylarning krldiklari saqlanib qolgan. 19-asr oxiridan port shaharlar (Dorussalom), savdo markazlari (Moshi, Dodoma), yevropalik meʼmorlarning loyihalari asosidagi imoratlar (Moshidagi madaniy markaz, 1948—50, meʼmori E. May) qurildi. 1964-yildan keyin rejali ravishda jamoat binolari va turar joylar qurishga kirishildi (Dorussalomdagi universitet majmuasi, Markaziy milliy kutubxona, Kivukonidagi kollej binolari). Qishloqlarda aholining turar joylari asosiy shakli shoxshabba, oʻt va novdadan toʻqilgan chaylalardan iborat.

Tanzanianing ayrim joylarida yukrri paleolit va neolit davriga mansub qoyatoshlarga chizilgan rasmlar saqlangan. Yogʻoch va loydan ishlangan haykallar koʻp uchraydi, ularda odamlar yoki hayvonlar, jang va ov manzaralari, niqoblar tasvirlangan. 1964-yildan xalq sanʼati anʼanalari ruhidagi milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi. S. J. Ntiro, V. Macha, F.K.Mzangi, T. F. Abdalla kabi rassomlar yetishib chiqdi. Amaliy bezak sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻqish va kulollik turlari rivojlangan.

Musiqasi

tahrir

Tanzaniadagi koʻp sonli xalklardan qar birining oʻziga xos musiqasi bor. Hayotiy va diniy marosim, urf-odat va udum musiqasi keng tarqalgan. Cholgʻu asboblari joʻrligidagi qoʻshiqlar koʻpincha raqs bilan birga ijro etiladi. Musiqa asboblari: ngoma (baraban), kiyik shoxidan yasaladigan baragumu (truba), bambuk va qamishdan yasaladigan filimbi (fleyta), skripkaga oʻxshash torli zeze, litungu va enanga (sitralar), marimba va mbira (ksilofonlar), qoʻngʻiroq, hushtak, tartarak va boshqa Gʻarb musiqasi taʼsirida turli popmusiqa shakllari rivojlanib bormokda. Madaniyat va yoshlar ishlari vazirligining musiqa va teatr seksiyasi xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini toʻplash, oʻrganish va milliy musiqiy asboblar toʻplamini yaratish bilan shugʻullanadi. Professional musiqa xodimlari Dorussalomdagi untning sanʼat, musiqa va teatr ftida, konservatoriyada, Changombedagi sanʼat kollejida tayyorlanadi. Kompozitorlar E. Makala, D. Mbilini, L. Fillipo, barabanchilar M. Mnonyusa, T. Nyambo, X. Vaziri, ksilofonchilar A. Omari, A. Matitu, Saidi Ali, teze ijrochilari M. Nganza, K. Mutondi mashhur.

Teatri va kinosi

tahrir

Mustamlakachilik yillarida Tanzania hududida inglizlarning havaskorlik truppalari boʻlgan. Mustaqillikka erishilgach, afrikaliklardan iborat jamoalar tuzilib, suaxili va ingliz tillarida spektakllar qoʻyildi. 1967-yil Dorussalom universitetida teatr boʻlimi ochildi. Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etilgan, 1972-yildan kinostudiya ishlay boshladi. Badiiy filmlardan "Yoʻqsul kishining kurashi" (1973, rejissyor O. Kitana) diqqatga sazovor.