TD Ameritrade Holding Corporation
Turi Shoʻba korxona
Xizmatlari

Broker

Raqamli savdo platformasi
Tarmogʻi Moliyaviy xizmatlar
Egasi Charles Schwab Corporation
Qachon asos solingan 1971 (53 yil avval) (1971) (Ameritrade sifatida)
Asoschi(lari) Joe Ricketts
Rahbariyat

Jo Riketts (asoschisi)

Stiv Boyl (vaqtinchalik prezident va bosh direktor)
Daromadi Decrease $4.358 mlrd. (CH4 2020)
Aylanma daromadi $9.568 mlrd (CH3 2020)
Operatsion foydasi Decrease $4.358 mlrd. (CH3 2020)
Boyligi $54.394 mlrd (Yarim yillik 2020)
Kapitallashtirish $1.3 trillion (2020)[1]
Ishchilar soni 8,939 (2020)
Shoʻba korxonalari Thinkorswim, Thinktech, TD Ameritrade Network, Scottrade
Kompaniyaning bosh qarorgohi, Omaha, Nebraska

TD Ameritrade bu aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, fyuchers shartnomalar, fond birjalari, foreks, opsionlar, investitsion fondlar, passiv daromadli investitsiyalar, marjali kreditlar va mablag'larni boshqarish xizmatlarini o'zida jamlagan moliyaviy aktivlar savdosi uchun raqamli savdo platformasini taklif qiluvchi broker.[2] Kompaniya kreditlar bo'yicha foiz daromadi, buyurtmani bajarish uchun komissiyalar va buyurtmalar oqimi uchun to'lovlardan daromad oladi. 2017-yilning sentabr oyida Scottrade'ning brokerlik biznesini sotib oldi va barcha Scottrade mijorlarning aktivlari va hisoblarini TD Ameritrade'ga o'tkazdi. Scottrade Bank sho'ba korxonasiga tegishli hisobvaraqlar TD Bank'ga birlashtirildi, Scottrade esa to'xtatildi. TD Ameritrade Charles Schwab Corporation'ning sho'ba korxonasi hisoblanadi va 2023-yilda investitsiya xizmatlari va hisobvaraqlari Schwab bilan to'liq integratsiya qilinadi, shu jumladan sobiq Scottrade hisobvaraqlari ham. Uning faoliyati Charles Schwab korporatsiyasining Uestleykdagi (Texas) shtab-kvartirasiga koʻchirilmoqda.

Kompaniyaga 1971-yilda "Ameritrade" nomi bilan asos solingan. 2006-yilda Toronto-Dominion Bankdan TD Waterhouse'ning Qo'shma Shtatlardagi xizmatlarini sotib oldi va kompaniya nomini TD Ameritrade'ga o'zgartirdi. 2020-yilda Toronto-Dominion Bank TD Waterhouseni Charles Schwab Corporation'ga sotib yuboradi.

1975-yilda Qimmatli Qog'ozlar va Birja Komissiyasi doimiy brokerlik xizmatlari uchun komissiya olishni taqiqladi va Jo Ricketts va uchta hamkor Nebraskaning Omaha shahrida First Omaha Securities, Inc.ni ochdilar.[3]

1983-yilda "Ameritrade Clearing Inc." markaziy kontragent kliring brokeri sifatida tashkil etildi.[3]

1988-yilda kompaniya tugmachali telefon orqali birinchi buyurtma va taklif kiritish tizimini joriy qildi.[3]

1995-yilda kompaniya raqamli savdo maydonchasini taklif qilgan birinchi firma "K. Aufhauser & Company, Inc."ni sotib oldi.[3]

1996-yil yanvar oyida TransTerra's Accutrade'ning "Accutrade for Windows" raqamli savdo platformasini ishga tushirdi.[4][5]

1996-yil sentabr oyida kompaniya TransTerra kompaniyasi bilan birlashdi.[6]

1997-yil mart oyida kompaniya IPO orqali ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylandi.[7]

2001-yil fevral oyida kompaniya 60 ga yaqin broker-dilerlik, xedj fondi va pul boshqaruv xizmatlariga ega bo'lgan TradeCast'ni 67,3 million dollarga sotib oldi.[8][9]

2001-yil iyul oyida kompaniya "National Discount Brokers" brokerlik tarmog'ini 154 million dollarga sotib oldi va mijozlarining aktivlariga 6,3 milliard dollar qo'shdi.[10][11]

2002-yil sentabr oyida kompaniya "Datek" kompaniyasini sotib oldi.[12][13]

2003-yil iyun oyida kompaniya "MyDiscountBroker.com" saytini sotib oldi.[14]

2004-yilda yanvar oyida kompaniya "Bidwell" kompaniyasini,[15] fevral oyida "BrokerageAmerica",[16] va oktabr oyida esa "JB Oxford and Company"ni sotib oldi.[17]

2006-yil yanvar oyida kompaniya Toronto-Dominion Bankdan "TD Waterhouse" deb nomlangan Amerika Qo'shma Shtatlaridagi brokerlik biznesini sotib oladi va yangi birlashtirilgan kompaniya "TD Ameritrade' deb o'zgartirildi, Toronto-Dominion Bank kopmaniyaning 40% lik ulushiga ga egalik qiladi.[18][19]

2008-yil fevral oyida kompaniya Fiserv hisoblarini sotib oladi.[20]

2008-yil may oyida bosh direktor Jo Moglia bosh direktor lavozimini bo'shatishini va rais bo'lishini e'lon qildi. Uning o'rniga operatsion direktor Fredrik Tomchik bosh direktor lavozimini egalladi, u ilgari Toronto-Dominion Bank'ning korporativ operatsiyalar bo'yicha vitse-prezidenti bo'lgan.[21][22]

2009-yil yanvar oyida faol treyderlar uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Thinkorswim kompaniyasini naqd pul va aktsiyalar orqali to'lash sharti bilan 606 million dollarga sotib oldi.[23]

2013-yilda kompaniya Omaha (Nebraska, AQSH) shahrida 250 million dollarlik yangi bosh qarorgohini ochdi.[24]

2016-yilda Tomchik bosh direktor sifatida nafaqaga chiqdi va uning oʻrniga Toronto-Dominion Bank'ning "TD Canada Trust" chakana bank boʻlinmasini ilgari boshqargan Tim Hokey egalladi.[25]

2017-yil sentabr oyida kompaniya Missuri shtatining Sent-Luis shahrida joylashgan "Scottrade" kompaniyasini sotib oldi va Sent-Luisni kompaniya uchun ikkinchi yirik markazga aylantirdi.[26][27] Mijozlar hisoblarining ko'chishi 2018-yil fevral oyida sodir bo'ldi[28][29]

2018-yil aprel oyida TD Ameritrade va Havas bitkoin blokcheyniga kiritilgan birinchi reklamani joylashtirdilar.[30]

2019-yil iyul oyida bosh direktor Tim Hokey 2020-yilning 1-choragi boshida TD Ameritrade’dan ketishini e’lon qildi.[31][32]

2019-yil oktabr oyida TD Ameritrade aksariyat onlayn savdolarni komissiyasiz qilib qo'yadi.[33]

2020-yil iyul oyida Jo Moglia TD Ameritrade boshqaruvi raisi lavozimidan nafaqaga chiqdi.

2020-yil 6-oktabrda, TD Ameritrade Scottrade'ni sotib olganiga uch yilgina bo'lganda kompaniyani Charles Schwab Corporation sotib oladi.[34][35] Schwab 2023-yilgacha barcha TD Ameritrade hisob va xizmatlarini, shu jumladan sobiq Scottrade hisoblarini muammosiz o'z platformasiga o'tkazishni rejalashtirmoqda.

2021-yil 28-yanvarda kompaniya va boshqa savdo maydonchalari GameStop, BlackBerry, AMC, Koss Corporation va Nokia kabi qisqa muddatli baʼzi aksiyalar savdosini chekladi.[36]

Huquqiy tomonlari

tahrir

Xavfsizlikning buzilishi

tahrir

2007-yilning noyabr oyida kompaniya xakerlar o'z mijozlarining ismlari, SSN, tug'ilgan sanalari, manzillari, telefon raqamlari va savdo faoliyatiga kirishga muvaffaq bo'lganligini xabar qildi.[37][38] 2011-yilda kompaniya jamoaviy da'voga qo'yilgandan so'ng, kompaniya shaxsiy ma'lumotlarini o'g'irlash qurboni bo'lgan mijozlarga har biri uchun 50 dollardan 2500 dollargacha tovon to'lashga rozi bo'ldi.[39] Shartnomada advokatlar jabrlanuvchilar kabi pul "yig'ishtirgani" uchun tanqid qilindi.[40] 2020-yilda mijozlarning kirish ma'lumotlari darkvebga sotildi.[41]

Auksion stavkasi bo'yicha janjal

tahrir

2009-yilda TD Ameritrade qisqa muddatli investitsiyalar bo'yicha auksion stavka kafolatinini sotganligi haqidagi da'voni hal qildi. Qaror 456 million dollar to'lashni va aksiyalarni qaytarib sotib olishni o'z ichiga oladi, bu esa investorlarning yo'qotishlarini qoplaydi.[42][43][44]

Zaxiradagi fondlarda mijozlarning yo'qotishlari

tahrir

Kompaniya o'z mijozlariga naqd pul mablag'larini birlamchi zaxira fondining filiali bo'lgan pul bozori fondiga investitsiya qilishni tavsiya qildi va kompaniyaning bunday marketingi natijasida jamg'arma taxminan 1 milliard dollarlik aktivlarga ega bo'ldi. Kompaniya mijozlarni boshqarish uchun fonddan komissiya oldi. 2008-yil sentabr oyida, 2007–2008-yillardagi moliyaviy inqiroz davrida, Lehman Brothers qimmatli qogʻozlariga egalik qilishi natijasida jamgʻarma oʻz mablagʻlarini muzlatishga majbur boʻldi va TD Ameritrade mijozlarining 1 milliard dollarlik naqd pul ekvivalentlari muzlatib qoʻyildi. Kompaniya olingan komissiyalar natijasida manfaatlar to'qnashuvida, yomon marketing etikasiga ega bo'lganlikda va investitsiya xavfsizligini noto'g'ri ko'rsatganlikda ayblangan. Kompaniya prezidenti Fredrik Tomchik, zaxira jamg'armasi bilan tuzilgan shartnoma standart shartnoma ekanligini va "investitsiya firmasi qandaydir tarzda pul topishi kerak" deb ta'kidladi. Kompaniya o'z mijozlari tomonidan sud da'volariga chaqiruv oldi va AQSh Qimmatli Qog'ozlar va Birjalar Komissiyasi uning marketing amaliyoti bo'yicha tergov boshladi. 2008-yilda kompaniya oʻz mijozlariga birlamchi zaxira fondidagi 3 foizgacha yoki 50 million dollargacha zararni qoplashga rozi boʻldi. 2011-yilda kompaniya SEC ishini hal qildi va o'z mijozlariga tegishli bo'lgan "Reserve Yield Plus" fondining har bir ulushi uchun 1,2 ¢ yoki jami 10 million dollar to'lashga rozi bo'ldi. Reserve Yield Plus 2016-yilda yakuniy taqsimotini amalga oshirdi va investorlar TD Ameritrade kompaniyasidan kompensatsiyaga qo'shimcha ravishda har bir aksiya uchun 97 sentdan 98 sentgacha oldilar.[45][46][47][48][49][50][51][52][53]

Homiylik

tahrir

Kompaniya TD Ameritrade Park Omaha beysbol maydoniga nom berish huquqiga ega bo'lib, u buning uchun 2011-yildan beri yigirma yillik shartnoma muddati uchun yiliga o'rtacha 1 million dollar to'laydi.[54] Charles Schwab korporatsiyasi tomonidan sotib olingandan so'ng, ular nomlash huquqiga egalik huquqini saqlab qolishdi; beysbol maydonchasi keyinchalik Charles Schwab Field Omaha deb o'zgartirildi.

O'zbekistonda

tahrir

TD Ameritrade 2021-yil 18-oktabrda o'z xizmatlarini to'xtatdi, avval ochilgan hisob egalari esa cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.[55]

Manbalar

tahrir
  1. „Robinhood Revenue and Usage Statistics (2021)“ (25-avgust 2020-yil).
  2. „Online Trading Platforms & Tools“. TD Ameritrade. Qaraldi: 2020-yil 9-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Timeline: Milestones in TD Ameritrade history“. Omaha World-Herald (31-oktabr 2016-yil).
  4. Kamen, Ken. Reclaim Your Nest Egg: Take Control of Your Financial Future. John Wiley & Sons, 2-sentabr 2010-yil. ISBN 9781118004159. 
  5. Juds, Scott M.. Conquering the Seven Faces of Risk: Automated Momentum Strategies that Avoid Bear Markets, Empower Fearless Retirement Planning. BookBaby, 15-aprel 2018-yil. ISBN 9781543931709. [sayt ishlamaydi]
  6. „AMERITRADE HOLDING CORPORATION Form S-1“. NASDAQ (1997-yil 21-yanvar).
  7. George Soros. „Soros Fund Management Llc - 13F Holdings“ (en). fintel.io. Qaraldi: 2020-yil 16-aprel.
  8. „Company News; ameritrade, in acquisition, seeks institutional clientsS“. The New York Times. Bloomberg News (15-fevral 2001-yil).
  9. „Ameritrade buys TradeCast“. CNN (14-fevral 2001-yil).
  10. „Ameritrade in deal to buy NDB.com“. Chicago Tribune (1-avgust 2001-yil).
  11. „Ameritrade will buy national discount brokers“. The New York Times. Reuters (1-avgust 2001-yil).
  12. Sorkin, Andrew Ross. „Ameritrade In Deal to Buy Online Rival Datek“. The New York Times (8-aprel 2002-yil).
  13. Craig, Susanne. „Ameritrade Agrees to Buy Datek In $1.29 Billion Stock Agreement“. The Wall Street Journal (8-aprel 2002-yil).
  14. „SWS sells Mydiscountbroker accounts for $4.2M“. American City Business Journals (16-iyun 2003-yil).
  15. „Ameritrade to buy Bidwell & Co.“. American City Business Journals (7-noyabr 2003-yil).
  16. „Ameritrade to acquire BrokerageAmerica retail accounts“ (en). Finextra Research (2003-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  17. „Filed by TD Ameritrade Holding Corporation Pursuant to Rule 425 Under the Securities Act of 1933“. U.S. Securities and Exchange Commission (2004-yil 12-oktyabr).
  18. Ian, Austen. „TD Waterhouse USA Is Sold to Ameritrade“. The New York Times (23-iyun 2005-yil).
  19. „Ameritrade Closes TD Waterhouse Acquisition“. NBC News. Associated Press (25-yanvar 2006-yil).
  20. „Sale of Fiserv unit to TD Ameritrade closes“. American City Business Journals (4-fevral 2008-yil).
  21. „TD Ameritrade names COO Fred Tomczyk as next CEO“. Fox News. Associated Press (15-may 2008-yil).
  22. „TD Ameritrade COO named next CEO“. The Globe and Mail. Bloomberg News (16-may 2008-yil).
  23. Stempel, Jonathan Spicer, Jonathan. „TD Ameritrade buying thinkorswim for $606 million“ (en). Reuters (2009-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  24. Hubbard, Russell. „TD Ameritrade shows off its new $250 million headquarters“. Omaha World-Herald (31-iyul 2013-yil).
  25. King, Rita Trichur And Carolyn. „TD Bank Shakes Up Top Ranks, Tim Hockey Departs for Ameritrade“ (en-US). Wall Street Journal (2015-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  26. Edwards, Greg. „TD Ameritrade closes on acquisition of Scottrade“. American City Business Journals (18-sentabr 2017-yil).
  27. Bray, Chad. „TD Ameritrade to Buy Scottrade in $4 Billion Deal“ (en-US). The New York Times (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  28. Brown, Lisa. „TD Ameritrade closes on purchase of Scottrade, up to 1,000 job cuts planned“. St. Louis Post-Dispatch (18-sentabr 2017-yil).
  29. Barr. „Scottrade being sold to TD Ameritrade“. www.bizjournals.com (2016-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  30. Swant, Marty. „TD Ameritrade and Havas Placed an Ad on the Blockchain“. AdWeek (26-aprel 2018-yil).
  31. Matthews. „TD Ameritrade CEO to exit amid disagreement with board“ (en). Financial Planning (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  32. Beilfuss, Lisa. „TD Ameritrade Begins Search for New CEO“ (en-US). Wall Street Journal (2019-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  33. Wheeler. „TD Ameritrade In A $0 Commission World“ (en). Seeking Alpha (2019-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
  34. Baguios, John. „Charles Schwab completes acquisition of TD Ameritrade“. S&P Global (6-oktabr 2020-yil).
  35. „Charles Schwab completes its $26B purchase of TD Ameritrade“. Associated Press (6-oktabr 2020-yil).
  36. Gonzalez. „Robinhood, TD Ameritrade restrict trading of GameStop, AMC stock“ (en). CNET. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
  37. „TD Ameritrade Hacked; Customer Info Stolen“. CNBC. Associated Press (14-sentabr 2007-yil).
  38. „TD Ameritrade's six million customers hit with security breach“. CNET (26-noyabr 2007-yil).
  39. Bolado, Carolina. „TD Ameritrade Settles Data Breach Suit For Up To $6.5M“. Law360 (13-sentabr 2011-yil).
  40. Kravets, David. „Ameritrade Hack Settlement: $2 Per Victim, $1.8 Million for Lawyers“. Wired (11-iyul 2008-yil).
  41. Rooney, Kate; Khorram, Yasmin. „Hackers look to buy brokerage log-ins on the dark web with Robinhood fetching highest prices“. CNBC (14-oktabr 2020-yil).
  42. Pepitone, Julianne. „TD Ameritrade settles auction-rate securities case for $456M“. CNN (20-iyul 2009-yil).
  43. U.S. Securities and Exchange Commission (20-iyul 2009-yil). „SEC Charges TD Ameritrade for Auction Rate Securities Sales Practices“. Press-reliz.
  44. „TD Ameritrade Agrees To Auction-Rate Buyback“. The New York Times. Associated Press (20-iyul 2009-yil).
  45. HOLZER, JESSICA; MAXEY, DAISY. „TD Ameritrade Settles SEC Case Over Reserve Fund“. The Wall Street Journal (4-fevral 2011-yil).
  46. Oneal, Michael. „Fund losses fuel customers' anger; Revenue-sharing deal raises questions of conflict“. Chicago Tribune (2-noyabr 2008-yil).
  47. MAXEY, DAISY. „Reserve Yield Plus Investors in SEC Plea“. The Wall Street Journal (12-sentabr 2009-yil).
  48. ANAND, SHEFALI; SCANNELL, KARA. „Ameritrade to Make Clients Whole on Primary Fund“. The Wall Street Journal (25-sentabr 2008-yil).
  49. AMBROSE, EILEEN. „Investors feel burned by what looked like a money market fund“. The Baltimore Sun (16-dekabr 2008-yil).
  50. „Investors in fallen money fund Reserve Yield Plus can't access cash“. New York Daily News. Associated Press (3-oktabr 2008-yil).
  51. U.S. Securities and Exchange Commission (3-fevral 2011-yil). „SEC Charges TD Ameritrade for Failing to Supervise Its Representatives Who Sold Shares of the Reserve Yield Plus Fund“. Press-reliz.
  52. „TD Ameritrade investors in Reserve money fund could share settlement“. USA Today. Associated Press (3-fevral 2011-yil).
  53. Reserve Funds (11-aprel 2016-yil). „FEDERAL COURT APPROVES FINAL DISTRIBUTION OF ASSETS“. Press-reliz.
  54. „TD Ameritrade Inks Naming-Rights Deal For CWS Ballpark In Omaha“. Advance Publications (9-iyun 2009-yil).
  55. TD Ameritrade brokeri O'zbekiston uchun o'z xizmatlarini to'xtatdi.[1]

Havolalar

tahrir