Taʼminlagich
Taʼminlagich — sochiluvchan va donali yuklarni bunker, yuklash novlari va boshqalardan yaqinroq joyga tashish yoki qayta ishlash mashinalariga bir tekisda uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Ikki guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga lentali, vintli (shnekli), tebranma, titrama va boshqa xillari kiradi. Bular uzunligi va harakatlantirish dvigatelining quvvati bilan konveyerdan farq qiladi. Ikkinchi guruhdagilarga konveyerlarning prototiplari boʻlgan barabanli, diskli, zanjirli va pnevmatikvintli xillari kiradi. Barabanli T. sochiluvchan, donali, mayda va yirik boʻlakli yuklarni uzatishda ishlatiladi. Diskli (tarelkali) T.dan sochiluvchan yuklarni uzatishda foydalaniladi; bunda yuk vertikal oʻkda aylanuvchi diskka tushib, undan yuk qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan kurakcha bilan tushiriladi. Diskning aylanish tezligi yuk markazdan qochma kuch taʼsirida sirgʻalib tushib ketmaydigan qilib tanlanadi. Zanjirli T. yirik boʻlakli yuklarni uzatishda ishlatiladi; bunda bunkerning chikarish teshigini qoplovchi zanjirli parda bor. Harakatlantiruvchi baraban aylanganda zanjirlar yukning katlamini novga siqadi. Bu bilan yuklarning sirpanish tezligini rostlaydi. Pnevmatik vintli T. sochiluvchanchangsimon materiallarni uzatish uchun ishlatiladi; materialni chiqish oldida tutib qolib, havo oqimi taʼsirida yuklashi bilan vintli T.dan farq qiladi.
Barcha T.larning ish organlari tezligini va bunkerdan chiqarish tirqishlari oʻlchamini oʻzgartirib, titra m a T.da esa tebranish amplitudasi va chastotasini oʻzgartirib ish unumdorligi rostlanadi. T.lar qurilishda, sement zdlarida, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |