Taʼsir etuvchi massalar qonuni

Taʼsir etuvchi massalar qonuni — kimyoviy muvozanat sharoitida uzaro reaksiyaga kirishuvchi moddalar va reaksiya mahsulotlari, massalari orasidagi bogʻlanishlarni ifodalovchi qonun; u massalar taʼsiri qonuni deb ham yuritiladi. Bu qonunni birinchi bor 1865-yilda Nikolay Beketov qoʻllagan va 1867-yilda norvegiyalik olimlar K.Guldberg va P. Vaagelar rivojlantirgan. Taʼsir etuvchi massalar qonuni turli hisoblashlarda keng qoʻllanadi.Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyani tasirini 1867-yil norvegiyalik olimlar; K.Mguldberg va P.Vagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar tasiri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko’ra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koefitsent konsentratsiya darajasiga bog’liq. Masalan; NH3 ni hosil bo’lish reaksiyasi uchun to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari quyidagicha ifodalanadi. N2 + 3H2 ↔ 2NH3 V1 = k [N2] [H2] 3; V2 = [NH3] 2 Bu formulalarda [N2] [H2] va [NH3] lar tegishlicha N2 va NH3 larning molyar konsentratsiyalari; k1 va k2 lar proporsionallik koefitsentlari bo’lib, reaksiyaning tezlik doimiysi deb ataladi. tezlik doimiysi reaksiyada qatnashuvchi moddalar tabiatiga, temperaturaga, katalizatorning bor-yo’qligiga bog’liq, lekin konsentratsiyaga bog’liq bo’lmaydi. Agar reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri qattiq holatda bo’lsa, masalan, uglerodning yonishi: C + O2 = CO2 Bu reaksiya tezligi faqat kislorod konsentratsiyasiga bog’liq. v = k[O2]