Taʼsir va aks taʼsir qonuni
Taʼsir va aks taʼsir qonuni, Nyutonning uchinchi qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Nyutonning taʼrifiga koʻra, taʼsirga doim teng va qaramaqarshi yoʻnalgan aks taʼsir bor, boshqacha aytganda, ikki jismning bir-biriga taʼsiri oʻzaro teng va qaramaqarshi tomonlarga yoʻnalgan. Bu taʼrifda "taʼsirga" beixtiyor asosiy oʻrin, "aks taʼsirga" esa ikkinchi darajali oʻrin ajratiladi. Shuning uchun T. va a.t.q. quyidagicha taʼriflangani maʼqul: ikki jismning bir-biriga har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir xarakteriga ega boʻlib, ularning bir-biriga koʻrsatayotgan taʼsir kuchlari har doim kattalik jihatdan teng va yoʻnalishi qaramaqarshidir. T. va a.t.q. kichkina oʻlchamli elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin harakatlar uchun oʻrinli emas.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |