Smola
Smola (ruSmola) — yuqori molekulali organik birikma. Amorflilik, isitilganda astasekin yumshashi, eritilganda yopishqoq xolga kelishi, organik erituvchilarda eriganda parda hosil qilishi va suvda erimasligi koʻpchilik Smolalarning tavsifli xossalaridandir. Smola tabiiy va sintetik Smolaga boʻlinadi. Kanifol, dammara, kopal, sandarak, kahrabo va bitumlar tabiiy Smolaga kiradi. Ilgari tabiiy Smola lok, yelim, qogʻoz, grammofon plastinkalari va boshqa i.ch.da keng qoʻllangan. Hozirgi zamonaviy sanoatda tabiiy Smola oʻrnini istiqbollisintetik Smola egallamoqda. Fenolformaldegid, polivinilxlorid, karbolid, melaminformaldegid, poliamid va boshqa Smola sintetik Smolaga taalluqlidir. Sintetik Smola plastmassa, lok, yelim, sintetik tola, plyonka, elektr izolyasiya materiallari, organik shisha va boshqa olishda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |