Sulfidlar
(Tabiiy Sulfidlardan yoʻnaltirildi)
Sulfidlar — oltingugurtning metallar, shuningdek, metallmaslar (V, Si) bilan hosil qilgan birikmalari. Koʻpgina S. — tabiiy minerallar, mas, pirit FeS2, molibdenit MoS2 sfalerit ZnS. S.ning 2 qatori bor: oʻrta (normal) — umumiy formulasi Me2S, nordon (gidrosulfidlar) — umumiy formulasi MeHS (Me — bir valentli metall.). S. — metallarga oltingugurt taʼsir ettirib, oksidlarni vodorod bilan qaytarib, sulfatlarni kumir ishtirokida qaytarib va boshqa usullarda olinadi. Tabiiy S. tegishli metallarni olishda, sulfat kislota ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Ishqoriy yer metallarning Si, shuningdek, ZnS va CdS lyuminoforlar asosidir. Koʻpgina metallarning Si — yarimoʻtkazgichlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |