Tabulyator (lot. tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qogʻoz lenta yoki maxsus xos qogʻozga yoziladi. T. tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni "bosish" yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. T. mashinahisoblash styasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi.