"TAFAKKUR" — ijtimoiy-falsafiy, maʼnaviy-maʼrifiy, rangli-bezakli jurnal.

1994-yildan Toshkentda nashr etiladi. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi.

Jurnalining asosiy vazifasi xalqimizning boy maʼnaviymadaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilgʻor gʻoyalarni yuzaga chiqarish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va ulugʻ mutafakkirlarimiz merosidan xalqimizni baxramand qilish, islom dinidagi insonparvarlik gʻoyalarining yosh avlod qalbidan joy olishiga koʻmaklashishdan iborat. "Oliy mezonlar", "Millat va maʼnaviyat", "Tarix va taraqqiyot", "Xazina", "Sharqu Gʻarb falsafasi", "Taqdirdagi tadbirlar", "Yangi asr muammolari", "Nasr javohirlari" kabi ruknlar ostida koʻplab qiziqarli maqolalar, hikoya hamda novellalar eʼlon qilinadi.

"T." oʻziga xos mahorat maktabi hamdir. Taxririyatda Ozod Sharafiddinov, fizikamatematika fanlari doktori, professor Abdulla Aʼzam, Muhammad Yusuf, isteʼdodli shoir va jurnalistlardan Sirojiddin Sayyid, Murtazo Qarshiboyev kabi ijodkorlar mehnat qilgan. Oʻrtacha adadi 5—7 ming nusxa (2004). Bosh muharriri — Erkin Aʼzam.