“Al-Kashf va-l-bayon ‘an tafsir al-Qur’on” (arab. الكشف والبيان عن تفسير القرآن) Ahmad ibn Muhammad as-Sa’labiy qalamiga mansub asar bo‘lib, u klassik sunniy tafsir kitoblaridan biridir. Asar “Tafsir as-Sa’labiy” nomi bilan keng tanilgan. U 10 jilddan iborat bo‘lib, hajmi 3425 sahifadan ortiq.