Tahiti tili
Tahiti tili (tahiti tilida – te reo tahiti yoki te reo mā'ohi ) — avstronez tillari oilasining polinez tillari guruhiga kiruvchi til. Taiti orolida va Jamiyat orollari guruhiga kiruvchi boshqa qo'shni orollarda tarqalgan tub aholi, taitiliklarning tili. Tuamotu orollarida millatlararo aloqa vositasi sifatida ishlatiladi.
Tahiti tili | |
---|---|
Milliy nomi | te reo tahiti yoki te reo mā'ohi |
Mamlakatlar | Fransuz Polineziyasi |
Rasmiylik holati | Fransuz Polineziyasi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 68 000 |
Alifbosi | Lotin alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ty |
ISO 639-2 | tah |
ISO 639-3 | tah |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 ming kishi..London Missionerlik Jamiyatining missioneri tomonidan ilk marotaba tasniflangan.
Taiti tiliga eng yaqin tillar - Tuaumotu, Markiz, Mangareva tillari, hamda Fransuz Polineziyasida tarqalgan boshqa kichik tillari va shevalar.
Yozuvi
tahrirTahiti alifbosi lotin alifbosiga asoslangan va 13 ta harfdan iborat.
Labial | Alveolyar | Glottal | |
---|---|---|---|
Portlovchi | p | t | ʔ |
Nazal | m | n | |
Frikativlar | fv | h | |
Vibrantlar | r |
Harf | Nomi | Talaffuzi | Izoh |
---|---|---|---|
IPA | |||
a | 'a | /a/, /ɑː/ | |
e | 'ē | /e/, /eː/ | |
f | fa | /f/ | O va u dan keyin [ ɸ ] tovushiga aylanadi |
h | hē | /h/ | i dan keyin va o yoki u dan oldin [ ʃ ] tovushiga aylanadi |
i | 'ī | /i/, /iː/ | Ayrim so'zlarda ai diftongga aylanishi mumkin — masalan: rahi |
m | mō | /m/ | |
n | nū | /n/ | |
o | 'ō | /ɔ/, /oː/ | |
p | pi | /p/ | |
r | rō | /r/ | |
t | tī | /t/ | |
u | 'ū | /u/, /uː/ | |
v | vī | /v/ | o va u dan keyin [ b ] tovushiga aylanadi |
' | 'eta | /ʔ/ | Har bir bo'gin ayirish tovushi (glottal stop) bilan boshlanadi. |
- Аракин В. Д.. Таитянский язык, Языки народов Азии и Африки. М.: Наука (ГРВЛ), 1981.
- Charles Vernier, Introduction a la langue tahitien, Paris — 1959.
- Бугенвиль. Кругосветное путешествие на фрегате «Будёз» и транспорте «Этуаль», М. — 1961.