Tahrir hayʼati — bosma nashrlar (gaz., jurnal, ilmiy kitob, ensiklopedik nashr va boshqa asarlar)ni tayyorlashga ilmiymetodik rahbarlikni amalga oshiruvchi organ. Tahrir hayʼati nashr faoliyati bilan bogʻliq eng muhim masalalarni hal qiladi. Tahrir hayʼati, odatda, nashr muassislari, rahbarlari tomonidan tuziladi. Davlat ahamiyatiga molik muhim nashrlar Tahrir hayʼati davlat rahbari tomonidan tasdiqlanadi va oʻz nizomiga muvofiq ish yuritadi.