Tahrirchi
Tahrirchi – oʻzbek tilidagi matnlar uchun aqlli klaviatura ilovasi[1]. Bu dastur oʻzbek tilida tez va toʻgʻri yozishni osonlashtirish uchun yaratilgan boʻlib, xatolarni avtomatik toʻgʻrilash va soʻzlarni tugallab berish imkoniyatini taqdim etadi. Ilova Inha universiteti[2] talabalari tomonidan ishlab chiqilgan va Android operatsion tizimi uchun moʻljallangan. Mazkur dastur AKT vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan „mGovAward“ tanlovida ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallagan va 50 ming dollar miqdoridagi mukofot bilan taqdirlangan[3]. „Tahrirchi“ ilovasi Kotlin dasturlash tilida yozilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Tahrirchi: talabalikda yaralgan g‘oya qanday qilib Microsoft bilan integratsiyalangan startapga aylandi“ (uz) (8-noyabr, 2023). Qaraldi: 2024-yil 6-noyabr.
- ↑ „“Loyihamizga hech kim pul berishni istamagandi” - aqlli klaviatura bilan grant yutgan talabalar“ (uz) (2022-yil 30-iyul). Qaraldi: 2024-yil 6-noyabr.
- ↑ „Tahrirchi: как студенческая работа превратилась в стартап, который интегрирован с Microsoft“ (ru) (27-iyun 2023). Qaraldi: 2024-yil 6-noyabr.