Tajbeglar saroyi (pushtucha: د تاج بېګ ماڼۍ; forscha: قصر تاج بيگ; Katta toj saroyi), shuningdek, qirolicha saroyi deb ham ataladi, Afgʻonistonning Kobul shahridagi mashhur Darulaman hududidagi saroylardan biridir.[1] Saroy shahar markazidan taxminan 10 milya (16 km) janubi-gʻarbda.[2] U bir paytlar afgʻon qirollik oilasi ov qilgan va sayr qilgan togʻ etaklari orasidagi tepalikda joylashgan. Uni Tojbeg saroyidan taxminan 1.3 km shimoli-sharqda boʻlgan Darul Aman saroyi bilan adashtirmaslik kerak.

Tajbeg saroyi

Tojbeg saroyi 2007-yilda
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Afgʻoniston
Qurilishi boshlangan 1920-yillar
Tajbeg saroyi


Asli 1920-yillarda Afgʻoniston qirollik oilasi uchun qurilgan Tojbeg saroyi Omonullaxon davrida yevropalik arxitektorlar jamoasi tomonidan Afgʻonistonni modernizatsiya qilish maqsadida yangidan yaratilgan “Darulaman”ning eng taʼsirchan va diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Saroy 1990-yillardagi fuqarolar urushi paytida vayron boʻlgan, ammo 2021-yilda toʻliq taʼmirlangan.[1]

Tarixi

tahrir
 
Tojbek saroyi 1987-yil.
 
Saroyning 2007-yildagi holati.

Qal'a yoki Tapa-e Toj beg (Toj beg tepaligi)dan uncha uzoq boʻlmagan joyda ancha oldin temuriylar malikasi qasri topilgani aytiladi. Terasli bogʻ dizayni temuriylar va moʻgʻullar tomonidan qilingan va bugungi kunda undan ba'zi xarobalar saqlanib qolgan. Temuriylar va ularning vorislari — Abdali Durroniy, keyinroq Yusufzayning pushtun qabilalari bilan qarindoshlik aloqalarida boʻlgan. Ahmadxon Abdaliyning kelini (Temurshoh Durroniyning xotini) Olamgir IIning qizi edi.

Ayrim tarixchilarning fikricha, saroy 1795 (hijriy 1210)-yili Zamonshoh Durroniy tomonidan ta’mirlangan. Keyinchalik u harbiy toʻqnashuvlarda vayron boʻlgan va qadim zamonlardan qolgan vayronalar saqlanib qolgan. ISAFning xorijiy askarlari tomonidan sobiq qal'aning xarobalari hujjatlashtirilgan.[3]

Yangi saroy 1920-yillarda Afgʻoniston qirollik oilasi uchun qurilgan. 1926—1927-yillarda afgʻon eri bilan Afgʻonistonda yashagan shved memuar yozuvchisi Rora Asim Xon oʻz xotiralarida qirolicha Soraya tomonidan Gʻarb turmush tarzi va urf-odatlarini qirolicha va qirolning onasiga tasvirlash uchun saroyga qanday taklif qilingani haqida hikoya qilgan.[4]

1979-yil 27-dekabrda Sovet Ittifoqi Afgʻonistonga intervensiyasini boshladi. O'sha kuni kechqurun Sovet harbiylari "Boʻron-333" operatsiyasini boshladilar. Unda 700 ga yaqin askar, jumladan, "Alfa guruhi" va "Zenit" guruhining 54-KGB maxsus kuchlari qoʻshinlari saroyga bostirib kirib, 20-dekabr oyidan beri u yerda yashab kelayotgan PDPA bosh kotibi Hafizulloh Aminni oʻldirishdi.[5]

Sovet-Afgʻon urushi paytida u Sovet 40-Armiyasining shtab-kvartirasi boʻlib xizmat qilgan. 1992-yilda XDP yetakchisi Muhammad Najibullohning Moskva tomonidan qoʻllab-quvvatlangan hukumati qulagandan soʻng turli mujohid guruhlari Kobulni nazorat qilish uchun kurashgan yillarda saroy jiddiy zarar koʻrgan.

Afgʻoniston hukumati Germaniya hukumati bilan hamkorlikda saroyni rasmiy foydalanish uchun ta’mirlash boʻyicha rejalar ishlab chiqdi. Buning uchun badavlat afgʻonlarning shaxsiy xayriya mablagʻlari talab qilinardi. Afgʻoniston hukumati tinchlik va barqarorlik oʻrnatishga intilayotgani sababli bu rejalar noma'lum muddatga toʻxtab qoldi.[6] Xuddi shunday reja yaqin atrofdagi Dorul Omon saroyi uchun ham tasdiqlangan boʻlib, u toʻliq ta’mirlanib, 2019-yil avgustida Afgʻoniston Mustaqilligi kunida jamoatchilik uchun ochilgan.

2021-yilda saroy butunlay qayta qurildi.[1][7]

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „قصر تاج‌بیگ پس از بازسازی (Tajbeg Palace after reconstruction)“. Voice of America. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  2. Ghani. „Palace of Abandoned Dreams“. The New York Review of Books (8-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2015-yil.
  3. http://afghanistanmylasttour.com/tag/tajbeg-palace/ (Wayback Machine saytida 2015-01-09 sanasida arxivlangan) 14th century Mongol ruins, the historical Taj Beg Palace
  4. Rora Asim Khan (Aurora Nilsson): Anders Forsberg and Peter Hjukström: Flykten från harem, Nykopia, Stockholm 1998. ISBN 91-86936-01-8.
  5. Humanitarian Invasion: Global Development in Cold War Afghanistan by Timothy Nunan
  6. „Everywhere: Places: Darul Aman Palace“. everywheremag.com. 21-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2015-yil.
  7. „کاخ تاج بیگ؛ روایتی از زندگی یک ملکه“. TOLOnews (1-avgust 2020-yil). 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.