Tajriba xoʻjaligi - ilmiy tadqiqot muassasasiga ilmiy tavsiyalarni sinab koʻrish maqsadlarida birkitib qoʻyilgan xoʻjalik. Odatda bir-biridan tuproqiqlim va xoʻjalik sharoitlari jihatidan farq qiladigan mintaqalarda joylashgan boʻladi. Tajriba xoʻjaligida ilmiy yangiliklar muayyan hududning sharoitlariga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda tekshirib koʻriladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ilmiy tadqiqot instituta xodimlari bilan birga mutaxassis-amaliyotchilar ham ishtirok etadi. Tajriba xoʻjaliklari oʻsimlikshunoslik va dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi tarmoq ilmiy tadqiqot intlari tarkibida oʻsimliklarning istiqbolli navlarini sinash, koʻpaytirish va ularni ishlab chiqarish.ga joriy etish, ekiladigan ekinlarni oʻstirish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish, yangi qishloq xoʻjaligi. texnikasi va qurollarini sinash va boshqa boʻyicha ilmiyamaliy ish olib boradi. Masalan, Oʻzbekiston paxtachilik instituti tarkibida Markaziy tajriba xoʻjaligi (Toshkent viloyati), Yangiobod, Hazarbogʻ, Doʻstlik (Surxondaryo viloyati), Oʻzbekiston (Fargʻona viloyati, Quva tumani) shirkat tajriba xoʻjaliklari bor.