Takasoqol
Takasoqol (Dodartia L.) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda yagona turi — sharq T.i (D. orientalis L.) uchraydi. Poyasi sershox, deyarli bargsiz. Toʻpguli shingilsimon, 3—7 gulli, qoramtirbinafsha, shoxlari uchida siyrak shingillar hosil qiladi. Ildizi yaxshi rivojlangan. Iyunsent. oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻ etaklarida, yoʻl yoqalari, bogʻ va ekinzorlarda begona oʻt sifatida oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |