Takeshi Fuji (1940-yil 6-iyulda tugʻilgan, Pol Takeshi Fuji) — Gavayida tugʻilgan, asli yaponiyalik sobiq professional bokschi[1]. U sobiq Lineal, WBA va WBC super yengil vazn toifasida jang qilgan (yengil oʻrta vazn toifasida kurashgan)boks chempionidir.

Takeshi Fuji
Statistikasi
Asl ismi Paul Takeshi Fujii
Laqabi Hammer Punch
Vazni Light welterweight
Millati Yapon
Amerikan (chet ellik)
Tavalludi 6-iyul 1940-yil (1940-07-06) (83 yosh)
Honolulu, Territory of Hawaii
Uslubi Orthodox

Hayoti tahrir

Fuji uchinchi avlod yapon-gavayi boʻlib tugʻilgan[2]. U Gavayida oʻsib ulgʻaygan, ammo Yaponiyaga sayohat qilgan va u yerda sobiq professional kurashchi Rikidozan tomonidan boshqariladigan boks zaliga qoʻshilgan. Faoliyatining koʻp qismini Yaponiyada jang qilgan boʻlsa ham, u yapon tilida gapira olmaydi. Uning murabbiyi Eddy Taunsend ham yapon-amerikalik boʻlgan edi. U professional debyutini 1964-yil aprel oyida 2-raundda nokautga uchragan.

Faoliyati tahrir

1965-yil iyun oyida Fuji super yengil vazn toifasida yaponiyalik chempionlik unvoniga qarshi chiqadi va birinchi raundda bor-yoʻgʻi 45 soniyada KO bilan gʻalaba qozonib yutib chiqadi. Bu uning professional boʻyicha oʻn birinchi jangi edi va u chempionlik unvonini qaytarishdan oldin ham bir marta himoya qilgan edi.

Yangi jahon chenpioni tahrir

Fuji 1966-yilda OPBF super yengil vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritadi va 1967-yil aprel oyida Lineal, WBA va WBC chempioni Sandro Lopopologa qarshi chiqib ringda kurashadi. Fuji ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozonib, yangi jahon chempioni bo‘lib oldi[3][4].

Fuji oʻzining birinchi himoyasini 1967-yil noyabr oyida oʻz unvonini qaytarishdan oldin oʻz himoyasini qilgan edi. 1968-yil dekabr oyida u yengil vazn toifasida WBA chempionlik kamarini himoya qilgan Nikolino Lokche bilan toʻqnash kelib ringga tushadi, ammo 10-raundda taslim boʻlib yutqazib qoʻyadi[5].

Nafaqaga chiqishi tahrir

1970-yil iyun oyida Fuji sobiq jahon chempioni Eddi Perkins bilan unvonsiz oʻyinda toʻqnash kelishi kerak edi, ammo toʻsatdan jarohati borligini daʼvo qilib jangni tark etadi. Yaponiya boks komissiyasi Fujini diskvalifikasiya bilan jazoladi va u koʻp oʻtmay nafaqaga chiqib ketdi. Uning rekordi 34-3-1 (29KO) boʻlgan edi.

U Ibarakidagi Mito shahridagi boks zalida murabbiy boʻlib ishlagan. U bir vaqtlar Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusining aʼzosi boʻlib xizmat qilgan edi[6]. U hozir nafaqada boʻlib, Gavayida yashaydi.

Yana qarang tahrir

  • Engil vazn toifasida boks boʻyicha chempionlar roʻyxati;
  • WBA boʻyicha jahon chempionlari roʻyxati;
  • WBC jahon chempionlari roʻyxati;
  • Yaponiyalik boks boʻyicha jahon chempionlari roʻyxati;
  • Yaponiyada boks.

Manbalar tahrir

  1. „Biografiyasi“ (Japanese). Japan Pro Boxing Association. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr.
  2. „Biografiyasi“ (Japanese). Japan Pro Boxing Association. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr. 藤猛 (in Japanese). Japan Pro Boxing Association. Retrieved November 24, 2010.
  3. „Takeshi Fuji - Lineal Junior Welterweight Champion“. The Cyber Boxing Zone Encyclopedia.
  4. „Biografiyasi“ (Japanese). Japan Pro Boxing Association. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr. 藤猛 (in Japanese). Japan Pro Boxing Association. Retrieved November 24, 2010.
  5. „Biografiyasi“ (Japanese). Japan Pro Boxing Association. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr. 藤猛 (in Japanese). Japan Pro Boxing Association. Retrieved November 24, 2010.
  6. „HD Stock Video Footage - Paul Takeshi Fuji wins the World's Junior Welterweight boxing title against Sandro Lopopolo in Japan“.

Havolalar tahrir