Talaba
Talaba (arabcha: izlovchi, oʻrganuvchi; lotincha: studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
Oʻzbekistonda talabadan farqli ravishda mamlakatdagi oʻrta maxsus taʼlim maskanlarida tahsil olayotgan yoshlar oʻquvchi, oliy harbiy oʻquv yurtlarida bilim olayotganlar tinglovchi, oʻrta harbiy oʻquv yurtlarida oʻqiyotganlar kursant deyiladi.
Turkistonda islom dini yoyilgach (7— 8-asr), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi Talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina Talaba deyila boshlagan. Yevropada XI - XII asrlarda untlar tashkil topgandan soʻng, ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik untlarda o'qituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bulgan.
Talaba jamiyat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi va, ayni vaqtda, har bir mamlakat ilmiy intellektual salohiyatining darajasini bildirib, rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Chunki mamlakat iqtisodi va madaniyatining yuksalishi, xalq xoʻjaligiga ilm-fan yutuqlari joriy etilishi uchun oliy maktablarning Talabalari chuqur nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda aholi jon boshiga T. soni koʻp buladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda Talabalar miqdori sezilarli darajada ortdi. Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejini bitirgan har bir kishining T. boʻlishiga haqqi bor. T. davlat hisobidan, shuningdek, shartnoma asosida o'z yonidan tahsil koʻrishi mumkin. Mamlakatimizda T.lar bakalaviriat va magistratura singari 2 bosqichda oliy taʼlim oladilar.
T. har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar kishi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni o'zlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun T.lar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham T.larning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy-axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi. Oʻzbekistonda T. yoshlarning mamlakat xayotida faol ishtirok etishlarini taʼminlash, milliy istikdol gʻoyasini toʻliq egallab olishlariga imkoniyat yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatida qatnashish T.larning vatanparvar shaxe sifatida shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqsa. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda T.larni ijtimoiy jihatdan ximoya qilish uchun ularning barchasiga stipendiya beriladi, yashash joyiga muhtoj T.lar yotoq bilan taʼminlanadi, yoshlarga turli ilmiy, badiiy va sport toʻgaraklarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. T.lar oʻrtasida har 2 yilda 1 marta universiadalar oʻtkazib turilishi ularning jismonan sogʻlom, maʼnaviy jihatdan barkamol boʻlib oʻsishlariga maʼlum darajada yordam beradi. 2002/03 oʻquv yili Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida 232254 T. taʼlim odsi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |