Talbert "Ted" Abrams (1895-yil 17-avgust[1] - 1990-yil 25-avgust) - "havo fotografiyasining otasi" deb tanilgan amerikalik fotograf va aviator.

Hayoti

tahrir

Abrams Michigan shtatining Tekonsha shahrida tug'ilgan. Curtiss aviatsiya maktabida mexanik bo'lib ishlagan chog'ida samalyot boshqarishni o'rgangan. Unga 282-sonli Fédération Aéronautique Internationale uchuvchi litsenziyasi berildi. Sertifikat Orvil Rayt tomonidan imzolangan.


Talbert Abrams 1917-yilda AQSh kosmonavtlar korpusida xizmat qilgan va Pensacolada samolyotda uchish maktabiga tayinlandi. Birinchi jahon urushidan so'ng, uning eskadroni Hitidagi isyonkorlarning faoliyati fotosuratlarini olgan va Abrams aerofotorazvedka salohiyati bilan qiziqib qolgan.

Karyerasi

tahrir

1920-yilda Alberts harbiy xizmatni tark etgan, urushdan qolgan Curtiss JN-4 samalyotlaridan sotib oladi va o'zining kichik aviakompaniyasi bo'lgan ABC Airline (Always Be Careful!)ni tashkil etadi, ammo shungga qaramay fotografiyaga ko'proq qiziqib borgan[2]. 1923-yil 17-yanvar kuni Leota Pearl Fry bilan turmush quragan[3]. Shu yili Standard J-1 mashinasini sotib olgan, uni kameralar bilan jihozladi va Abrams Aerial Survey Corporationni (2003-yilda Aeroconga sotilgan) tashkil etgan[4]. Keyingi bir necha yil davomida Alberts fotografiya uchun yaxshiroq kameralar va asboblarni ishlab chiqish uchun Abrams Instrument Corporationni va samolyotlarni ishlab chiqish maqsadida 1937-yilda Abrams Aircraft Corporationni tashkil etdi.

Talbert Abrams birinchi daromadini havoda olingan fotosuratidan topdi. 1937-yilda Abrams "The Explorer" nomli yangi samolyot dizaynini ishlab chiqgan, bu samalyot aerofotorazvedka uchun mo'ljallangan birinchi samolyot edi. [5] 1961-yilda Abrams Instrument Corporationni Curtiss-Wrightga sotgan[6].

Talbert Abrams 1990-yil 26-avgustda Michichendagi Lansingdagi qariyalar uyida 95 yoshida vafot etgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Abrams, Talbert“,Who Was Who in America, with World Notables, v. 10: 1989–1993. New Providence, NJ: Marquis Who's Who, 1993 — 1–2 bet. ISBN 0837902207. 
  2. „Talbert "Ted" Abrams“. Department of Physics and Astronomy, Michigan State University. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  3. „Talbert "Ted" Abrams“. Department of Physics and Astronomy, Michigan State University. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  4. „Talbert "Ted" Abrams“. Department of Physics and Astronomy, Michigan State University. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  5. "TALBERT "TED" ABRAMS, FATHER OF AERIAL PHOTOGRAPHY: A TRIBUTE TO LANSING'S FALLEN EAGLE
  6. „Talbert "Ted" Abrams“. Department of Physics and Astronomy, Michigan State University. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  7. „Talbert Abrams Dies; Aerial Pioneer Was 95“. The New York Times (1990-yil 30-avgust). Qaraldi: 2011-yil 4-oktyabr.