Tamara Tenell Moore (1980-yil 11-aprelda Minneapolis, Minnesota shtatida tugʻilgan) — Virginia Minnesota shtatidagi Mesabi Range kollejida erkaklarga basketbol boʻyicha bosh murabbiy va Boston Celtics 2022-yilgi yozgi liga jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Moore — professional basketbolchi. U WNBA va Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan va erkaklar kolleji basketbol jamoasining yagona ayol bosh murabbiyi boʻlgan.[1]

Tamara Moore
Mesabi Range College
Pozitsiyasi Bosh murabbiy
Liga NJCAA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 11-aprel 1980-yil (1980-04-11) (44 yosh)
Minneapolis, Minnesota
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab North (Minneapolis, Minnesota)
Kollej Wisconsin (1998-2002)
WNBA drafti 2002 / Tur: 1 / Tanlash: 15- overall
Miami Sol tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2002-2007
Pozitsiyasi Himoyachi
Statistikalar WNBA.com saytida

Karyeraga tayyorgarlik davri tahrir

Moore Minneapolisdagi Shimoliy Minneapolis oʻrta maktabi jamoasida oʻynagan. U yerda 1998-yilda WBCA All-American nomini olgan. U WBCA High School All-America oʻyinida qatnashgan va oʻyinda oʻn uch ochko toʻplagan. 1998-yilda Shimoliy Minneapolis kollejini tamomlagan Moore Lady Polars jamoasini shtat chempionatiga olib chiqishga yordam berdi va Minnesota Miss Basketbol nomini oldi.[2][3]

Kollej jamoasidagi faoliyati tahrir

Moore Wisconsin Madyson universitetidagi kollejda oʻqidi, kollejni 2002-yilda tugatdi. U 2001-yilda yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi. Moore oʻzining Badgers jamoasidagi faoliyatini toʻrt yil davomida har bir oʻyinda, jumladan, ikkita WNIT va ikkita NCAA turnirida qatnashib yakunladi. U toʻp olib qoʻyish va assistentlik boʻyicha maktabning barcha vaqtlari yetakchisi boʻlgan.[4] Kollejdagi faoliyatidan soʻng, u Mayami Sol jamoasi tomonidan 2002-yilda WNBA draftida 15-oʻrinda jamoaga tanlangan. U 2017-yilda Wisconsin Atletik shon-sharaf medali sohiblari qatoriga kiritildi.[5]

Murabbiylik faoliyati tahrir

Moore Minneapolisdagi oʻrta maktab qizlari basketboliga murabbiylik qilgan. 2020-yil aprel oyida u Mesabi Range kollejida erkaklar basketboli va softboli boʻyicha murabbiy sifatida ishga qabul qilindi. Moore 1990-yillarda Kerry-Enn McTyernan Kingsboro kollej jamoasini boshqarganidan keyin erkaklar jamoasining ikkinchi ayol bosh murabbiyiga aylandi. U unvonga ega boʻlgan birinchi afro-amerikalik ayol boʻldi.[6]

2022-yil 1-iyul kuni Moore Twitter orqali 2022-yilgi yozgi liga mavsumida Boston Seltiks jamoasi uchun yordamchi murabbiy boʻlishini eʼlon qildi.[7]

Karyera statistikasi tahrir

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera

Kollej tahrir

Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1998—1999 Wisconsin 32 347 . 443 . 339 . 811 4.9 3.3 2.5 0.3 10.8
1999—2000 Wisconsin 33 445 . 462 . 348 . 770 5.1 3.3 2.5 0,7 13.5
2000—2001 Wisconsin 28 354 . 450 . 339 . 730 4.6 5.4 3.6 0,7 12.6
2001—2002 Wisconsin 31 516 . 492 .363 .833 5.1 6.1 2.9 0,8 16.6
Faoliyati 124 1662 . 464 . 351 . 783 4.9 4.5 2.8 0,6 13.4

Manba[8]

Manbalar tahrir

  1. „Ex-WNBA player to coach men's juco hoops team“ (en). ESPN.com (2020-yil 12-aprel). Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  2. Rayno, Amelia. „Fading history“. Star Tribune (2011-yil 15-fevral). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „North High a historical b-ball powerhouse“. MSR Online (2011-yil 2-mart).
  4. „2001—2002 Women's Basketball“. UWBadgers.com (2002-yil 17-aprel). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „WBCA High School All-America Game Box Scores“. Women's Basketball Coaches Association. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  6. Cobb, David. „Former WNBA player Tamara Moore hired as men's college basketball head coach“. CBS Sports (2020-yil 12-aprel). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
  7. Hass, Trevor. „Tamara Moore, first Black woman to coach men’s college team, joins Celtics Summer League staff“. Boston.com (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyul.
  8. „NCAA® Career Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2016-yil 12-may.

Havolalar tahrir