Tamgʻalidara rasmlari - ChuIli togʻining janubi-gʻarbiy yon bagʻridagi Tamgʻalisoy darasi qoyatoshlariga ishlangan rasmlar. Olmaotadan 160 km shimoli-gʻarbda. 1890-yilda rus arxeologi N. N. Pantusov topgan, A. A. Topov, A. G. Maksimova tomonidan oʻrganilgan. Tasvirlarning 1 qismi miloddan avvalgi 2-ming yillikka, asosiy qismi miloddan avvalgi 7—5-asrlarga mansub, shuningdek ular orasida 6—8-asrlarga oidlari ham uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi buqa, sirtlon, jayron, bugʻu, ot, tuya, qoʻy, echki va boshqalarning tasvirlari, turli ramziy belgilar, chavandozlar, raqs tushayotgan odamlar, ovchilarning itlar yordamida yovvoyi hayvonlarni ovlash manzaralari qoyatoshlarga oʻyib ishlangan. Tamgʻalidara rasmlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston xududida yashagan xalqlar tarixi, turmushi, madaniyatini oʻrganishda nodir manba sifatida qimmatlidir.