TamshushdaryoSurxondaryo viloyatidagi daryo. Xisor tizmasining jan. dan boshlanadi. Uzunligi 38 km, havzasining maydoni 380 km². Daryoga 22 ta soy quyiladi. T. oʻzanining kengligi 60 m, qirgʻoklari tik va baland. Oʻrtacha yillik suv sarfi 6 m/sek. Toʻpolondaryoga quyiladi. Qoryomgʻirdan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi, tez-tez sel keladi. Vodiysida oʻtloqlar bor, yovvoyi tok, tol, olcha, bodom, doʻlana oʻsadi. T. Tamshush, Shartut qishloqlari va chorva yaylovlarini suv bilan taʼminlaydi.

Tamshushdaryo
Tavsif
Uzunligi 38
Davlat Oʻzbekiston