Bosh menuni ochish

Tallom (yun. thallos — novda, oʻsimta), tanacha — tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar, zamburugʻlar, miksomitsetlar, lishayniklar, ayrim jigarsimon yoʻsinlar)ning novda va barglarga boʻlinmagan yaxlit tanasi. Ular T.li oʻsimliklar deyiladi. Baʼzi dengiz suvoʻtlari (mas., kaulerpa) tashqi tomondan novda va bargsimon tuzilishga ega boʻlsada, anatomik soddaligi, oʻsish xususiyati va koʻpayish organlarining tuzilishiga koʻra yuksak oʻsimliklardan farq qiladi. Barg va novdalarga boʻlinmagan ayrim gulli oʻsimliklar (raffleziyalar) T.li oʻsimlik hisoblanmaydi, chunki ular parazit hayot kechirgani sababli ikkilamchi soddalashgan.