Tanais
Tanais — 1) antik shagʻar (mil. av. 3-asr — mil. 5-asr). Don daryosining quyi oqimi boʻyida joylashgan. Mil. boshlarida Bospor davlati tarkibida boʻlgan. T. Bospordagi yunonlar bilan Azov va Don boʻyidagi koʻchmanchilar oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan. Mil. 3-asrning 40y.larida gotlar rahbarlik qilgan kabilalar ittifoqi tomonidan butkul vayron qilingan. 4-asrning 2yarmida qayta tiklangan, lekin kichik bir manzil sifatida 5-asr boshiga kadar mavjud boʻlgan. T.dan turar joy, mudofaa devorlari, minoralar, darvozalar qoldiqlari, bitiklar, qabrlar va boshqa topilgan; 2) yunon muarrixlari tomonidan Don va baʼzan Sirdaryoning atalishi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |