Tangimush — Surxondaryo viloyatidagi dara. Shim.sharqda Takasakragan va jan.gʻarbda Sherobod tizmalarini kesib oʻtgan. Boysun soyligini Surxondaryo vodiysi bilan tutashtiradi. Uzunligi 2 km ga yaqin. Juda tor, yurish qiyin. Koʻp joyda, ayniqsa, gʻarbiy qismida, tosh uyumlari uchraydi. Uzunquduq (Surxondaryo vodiysida) va Dashtigʻoz (Boysun soyligida) qishloqlarini bogʻlaydigan soʻqmoq yoʻl oʻtgan.