Tank 300
Tank 300 — xitoyning Great Wall avtomobil kompaniyasi tomonidan 2020-yildan boshlab ishlab chiqariladigan oʻrta oʻlchamdagi krassover. Avval boshida mashina Wey brendi ostida „Wey Tank 300“ nomi bilan sotila boshlandi. 2021-yildan esa Tank 300 deb qaytqa nomlandi. Avtomobil ilk bor Chendu avtosalonida taqdim etilgan[1].
Tank 300 | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Great Wall |
Boshqa nomlari | Wey Tank 300 (2020—2021) |
Model yili | 2020-yil |
Zavod(lar) | Chunsin, XXR |
Tasnifi | |
Sinfi | Oʻrta oʻlchamli SUV |
Platformasi | GWM Tank |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli | 2,0 l GW4C20NT turbo I4 |
Transmissiyasi |
8-pogʻonalik avtomat 9-pogʻonalik avtomat |
Quvvati | 227 ot kuchi |
Tezlanishi | 9.5 s |
Yuqori tezligi | 170 km/s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2750 |
Uzunligi | 4760 |
Kengligi | 1930 |
Balandligi | 1927 |
Vazni | 2150 |
Bak hajmi | 80 l |
Eksteryer | |
Kuzov turi | 5 eshikli krassover |
Oʻrindiqlar soni | 5 |
Eshiklar soni | 5 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Toyota Fortuner Uaz Patriot Ford Bronco Jeep Wrangler[1] |
Eksteryer
tahrir"Tank" ning tashqi ko'rinishi yovvoyi ko'rinishli xarakterga ega qilib ishlangan. Avtomobil katta g'ildiraklar o'rnatilgan arkasi kengaytirib ishlangan hamda katta diametrli tishli shinalar mavjud, bamperlar ataylab oddiy qilib ishlangan. Bosh optika faralari dumaloq shaklga ega. Orqa eshikka zaxira g'ildirak o'rnatilgan. Avtomobilning tomida haqiqiy ekspeditsiya magistralidan yukxonasini osonlikcha tushirib olishniu ta'minlaydigan tom relslari mavjud[1].
Interyer
tahrirIkki tomonlama ovoz oʻtkazmaydigan akustik shisha, dvigatel boʻlinmasining toʻliq zichlashtirilishi, dvigatelning shovqinni kamaytiradigan material bilan toʻliq qoplanishi, old eshiklarning ikki qavatli, orqa eshiklar uch qatlamli kauchuk tasma bilan zichlanishi interyerni shovqindan saqlaydi. Oʻrindiqlar standartlarga muvofiq ergonomik tarzda ishlab chiqilgan, haydovchi oʻrindigʻi 8 yoʻnalishda va orqa tomondan 4 yoʻnalishda sozlanishi mumkin. Haydovchi oʻrindigʻida bel massaj funktsiyalari mavjud. Oʻrindiqlar isitiish va shamollatish tizimlari bilan jihozlangan. Ikkinchi qatordagi oʻrindiqlarni ikki yoʻnalishda sozlash imkoniyati mavjud. Avtomobil salonida 9 ta dinamik va mustaqil kuchaytirgichdan iborat ovoz tizimi oʻrnatilgan. Markaziy konsolga real vaqt rejimida ob-havo, shinalardagi bosim darajasi, kuzovning ogʻish darajasini va hokazolarni aks ettiruvchi ikkita 12,3 dyuymli integratsiyalashgan ekrandan iborat aqlli asboblar tizimi. Shuningdek, asboblarni boshqarish tizimi, navigatsiya, multimediya, konditsioner va shunga oʻxshash funktsiyalardan foydalanish uchun ovozli boshqaruvdan foydalanish imkoniyati mavjud. masofadan boshqarish pulti yordamida avtomobilni va baʼzi funktsiyalarni ishga tushirish mumkin[2].
Texnik koʻrsatkichlari
tahrirAvtomobilning uzunligi 4760 mm, balandligi 1903 mm va kengligi 1930 mmni tashkil qiladi. Gʻildiraklar bazasi 2750 mm boʻlib, klirensi 224 mm. Tank 300 ning umumiy ogʻirligi 2075—2150 kg ni tashkil qiladi. Konstruktsiyasi ramali boʻlib, kuzovi toʻliqmetalldan iborat.
Rul boshqaruvi gidravlik kuchaytirgich bilan jihozlangan. Tormoz tizimi gidravlik hamda ikki konturdan iborat. Avtomobil dvigateli birqatorli toʻtr slindirlik boʻlib, uning hajmi 1967 sm3 ni tashkil qiladi. Turbo dvigatel 227 ot kuchiga (5500 ay/min) ega boʻlib, aylanish momenti 387 N·m (1800—3600 ay/min) ni tashkil qiladi. 8-pogʻonali avtamat uzatishlar qutisiga ega[3].
„Tank 300“ 0 dan 100 km/s tezlikka 9.5 soniyada erishadi. Eng yuqori tezligi 170 km/soatni tashkil qiladi. Yoqilgʻi sarfi aralash rejimda 9.2 litr boʻlib, shahar rejimida 11.3 litr hamda trassada yurganda 7.2 litrni tashkil qiladi[3].
Galereya
tahrir-
Old yon qismidan koʻrinishi
-
Profil qismidan koʻrinishi
-
Taqdimot jarayonida olingan surat
-
Old yon qismidan koʻrinishi
-
Orqa yon qismidan koʻrinishi
-
TANK 300 Cybertank
-
TANK 300 Cybertank Edition
-
Wey Tank 300 (2020–2021)
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Tank 300 2022 года от Great Wall: старт продаж в России, цены и комплектации“ (ru). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Тест-драйв Танк 300 - Обзор китайской новинки, внедорожника Tank 300 от Great Wall“ (ru). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 [https://ironhorse.ru/tank/300-wey/ „НеоРетро: 300-й Tank Источник: https://ironhorse.ru/tank/300-wey/ © IronHorse.ru“] (ru). Qaraldi: 26-noyabr.