Tanker
Tanker (ingl. tanker; tank — bak, idish, sisterna) — suyuq yuklar (neft, bitum, mazut, kislotalar, suyuq oltin gugurt, oʻsimlik yogʻi va boshqalar)ni kema sisternalari (tanklar)ga quyib tashish uchun moʻljallangan bir palubali, oʻziyurar maxsus kema. T.lardan 19-asr 70y.laridan boshlab foydalaniladi. T. mashina boʻlmasi, yashash va xizmat xonalari va yuk boʻlmasidan iborat. Yuk boʻlmasi T.ning kattakichikligiga qarab bir necha koʻndalang boʻlmachalar (tanklar)ga boʻlinadi. T. yongʻinni oldini olish va oʻchirish jihozlari bilan taʼminlanadi. Kichkina va oʻrtacha kattalikdagi T.ga dizelenergetika qurilmasi, yirik T.ga bugʻturbinali qurilma oʻrnatiladi. T.ning sigʻimi (dedveyti) — 500 ming t dan ortiq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |