Tanlov (mehnat huquqida) — xodimlarni muayyan lavozimlarga tanlab olishning maxsus tartibi. Bunda xodim ish beruvchi tomonidan tanlab olinmaydi, balki kollegial organ (mas., oliy oʻquv yurtining ilmiy kengashi, ilmiy tadqiqot instituta ilmiy kengashi, teatrtomosha muassasalari badiiy kengashi)ning qarori asosida tanlab olinadi. Ushbu kengashlarning T.da golib chiqkan shaxeni tegishli lavozimga saylash toʻgʻrisidagi qarori ish beruvchi uchun majburiydir. T., asosan, vakant lavozimlarni: oliy ukuv yurtlarida kafedra mudiri, professoroʻqituvchi; ilmiy tadqiqot muassasalarida — lab., boʻlim, sektor mudiri, katta va kichik ilmiy xodim lavozimlarini; teatr, ansambl, filarmoniya va boshqa konsert tashkilotlarida — artist, rejissyor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster va rassom lavozimlarini egallash uchun oʻtkaziladi. Odatda, oliy oʻquv yurtlarining assistent, oʻqituvchi lavozimlariga T. eʼlon qilinmaydi, bu vakant lavozimlarga aspirantura va magistraturani tamomlagan shaxslar qabul qilinadi. 2 yillik muddat oʻtgach, bu lavozimlar T. orqali egallanadi (OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 1998-yil 30 oktabrdagi buyrugʻi bilan tasdiklangan "Oliy oʻquv yurtlariga pedagogik xodimlarni ishga kabul qilish tartibi haqidagi nizom"). Anvar Inoyatov.